Ibrohim (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar
1. Ibrohim (a.s.)ning hayotlari va axloqlari u kishidan keyingi barcha payg‘ambarlarga va barcha
musulmonlarga ham ibratdir. U kishining ta’rifiga so‘z topilmaydi va aytishimiz mumkinki, buyuk qalb egasi
edilar. Shuning uchun ham ummatlarini salomat qalb bo‘lishga chaqirgan edilar:
َنﻮُﻨَﺑ ﻻَو ٌلﺎَﻣ ُﻊَﻔْﻨَﻳ ﻻ َمْﻮَﻳ
)
٨٨
(
ٍﻢﻴِﻠَﺳ ٍﺐْﻠَﻘِﺑ َﻪﱠﻠﻟا ﻰَﺗَأ ْﻦَﻣ ﻻِإ
)
٨٩
(
«U kunda na mol-dunyo va na farzandlar foyda bermas, faqat Alloh huzuriga sog‘lom dil bilan
kelgan kishilargagina (foyda berur)».(Shuaro, 88-89.)
Ibrohim (a.s.)ning dillari shu darajada pok va keng ediki, o‘zlariga berilgan payg‘ambarlikni tezroq
odamlarga yetkazishni, qarindoshmi, begonami, boymi, kambag‘almi, hammani yolg‘iz Allohga imon keltirishga
chaqirishni, ular sig‘inayotgan but va sanamlar qo‘lidan hech qanday ish kelmasligini, ularga sig‘ingan
kishilarning oqibati juda yomon kechishini butun vujudlari bilan tushuntirishni istardilar. Xususan, o‘zlarini
dunyoga keltirgan otalarining shunday azobga qolishini hech aqllariga sig‘dirolmas edilar. Shu sababdan ham,
otalarini ko‘p marta da’vat etdilar. Ammo otalari Ibrohimning gaplariga quloq osmaganidan keyin, noiloj
qolganda ham:
ﺎًّﻴِﻔَﺣ ﻲِﺑ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ﻲِّﺑَر َﻚَﻟ ُﺮِﻔْﻐَﺘْﺳَﺄَﺳ َﻚْﻴَﻠَﻋ ٌمﻼَﺳ َلﺎَﻗ
)
٤٧
(
(Ibrohim): «Omon bo‘ling! Endi Rabbimdan sizga kechirim so‘rayman. Zero, U menga mehribon
zotdir»(Maryam, 47.)
- deb, otalariga achindilar va:
َﻦﻴِّﻟﺎﱠﻀﻟا َﻦِﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ﻲِﺑﻷ ْﺮِﻔْﻏاَو
)
٨٦
(
«Otamni mag‘firat qilgin. U adashganlardan edi»(Shuaro, 86.)
- deb otalarining haqqiga duo qildilar.
Otalarining Ibrohimga: «sen mening ilohlarimdan yuz o‘giruvchimisan, ey Ibrohim?! Qasamki, agar sen
Dostları ilə paylaş: |