Microsoft Word Psixofiziologiyaning kelib chiqishi va tarixi 2-mavzui



Yüklə 85,36 Kb.
səhifə3/4
tarix15.11.2022
ölçüsü85,36 Kb.
#69257
1   2   3   4
PSIXOFIZIOLOGIYANING KELIB CHIQISHI VA TARIXI

Analizatorlar – bu nerv fiziologik apparat bo‘lib, periferiyadagi nerv uchidan (retseptor) sezuvchi nervdan (o‘tkazish yo‘li) va miya qobig‘ining tegishli qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir.
I.P.Pavlovning birinchi va ikkinchi signal tizimlari to‘g‘risidagi ta’limoti ilmiy psixologiya uchun katta ahamiyatga egadir.
Hayvonlar uchun borliq katta yarim sharlaridagi ta’sirlagichlar va ularning izlari bilan signallashib ular organizmning ko‘rish, eshitish retseptorlariga bevosita kelib turadi. Bu birinchi signallar tizimi bo‘lib, odam va hayvonlarda umumiydir. So‘zlar ikkinchi, maxsus insoniy signal tizimini tashkil etadi. So‘zlar narsa va hodisalardan kelayotgan signallarning o‘rnini egallagani uchun I.P.Pavlov tomonidan “signallar signali” deb nomlangan. Ikkinchi signal tizimining faoliyati birinchi signal tizimidan ajralmagan holda bevosita bog‘liq tarzda boradi. Ikkinchi signallar tizimi tafakkur va nutqning fiziologik asosi hisoblanadi.
Refleksning klassik tushunchasi yordamida psixik faoliyat asoslarini tushuntirishdagi muhim kamchilik shundan iboratki, refleks tizimi inson psixikasining idora etuvchi va o‘zgartiruvchi rolini tushuntirib bermaydi. I.P.Pavlovning shogirdlari va izdoshlari bu kamchilikni reflektor organik tizimi tushunchasini reflektor halqasi tizimi tushunchasiga o‘zgartirish yo‘li bilan yechishga intildilar.

Reflektorlik faoliyatini anatomik fiziologik mexanizmi: Analizatorning sxemasi. (1,2,3) Reflektorlik faoliyati. (1,2,3,4,5) va reflektorlik aylanasi (1,2,3,4,5,6,7). 1 retseptor, 2-afferent nerv yo‘li, 3-markaziy bug‘in, 4 efferent nerv, 5-effektor, 6-7- qaytish kanali.

Nerv tizimining reflektorlik faoliyati borasida qator ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, ular tomonidan turli sxemalar ishlab chiqilgan. Jumladan, Bernshteynbo‘yicha reflektor aylanasi quyidagi ko‘rinishga ega.



Psixikaning fiziologik asoslarini ochish muammolariga hayotining ko‘p Bernshteyn bo‘yicha reflektor aylanasining tuzilishi yillarini bag‘ishlagan rus fiziologi P.K.Anoxin(1898-1974) qaytarma afferentatsiya tizimlarini aniqladi, natijada harakat akseptori deb nomlangan harakatini rejalashtiruvchi va idora etuvchi o‘ziga xos funksional organlarga ajratildi.
Fanda ilmiy soha sifatida frenologiyaning asoschisi F.Gall XIX asrning boshlarida odamning turli qobiliyatlari, hatto kalla suyagining yuza qavatdagi turli nerv to‘qimalari uchrab turadigan joyning kuchliroq rivojlanishi bilan bog‘liq deb isbot qilishga harakat qilgan. Alohida psixik funksiyalarning bosh miyasini ma’lum bir qismlariga tegishli ekanini, uning lokal (joylashish) jarohatlanganligida kuzatishgan. Shu yo‘l bilan chap yarim sharining uchinchi peshona burilishida nutq artikulyatsiyasini (talaffuzini) amalga oshiradigan Broka markazi (uni aniqlagan fransuz anatomi P.Broka nomi bilan atalgan) so‘ngra esa o‘sha chap yarim sharining yuqori chakka burmasining orqa qismida “nutqni tushunishini idora qiladigan” Vernike markazi (uni ochgan nemis psixiatri K.Vernike nomi bilan atalgan) ajratilgan.
Mashhur neyropsixolog A.R.Luriyaning fikricha, aynan shuning uchun miyaning cheklangan sohalaridagi psixik funksiyalarni “lokalizatsiyalash” vazifasi “ushbu funksional tizimni amalga oshiradigan birgalikda ishlovchi miya zonalarining o‘sha tizimini tahlili, boshqacha qilib aytganda qanday qilib funksional tizim bosh miya apparatlari bo‘ylab, tegishli tizimlar bo‘ylab, joylashganligini tahlili” vazifasi bilan almashtirilishi lozim.
Inson miyasining funksional tuzilishini A.R.Luriya 3 ta blokka ajratadi: 1blok – energetik blok, u miya po‘stloq qismining normal ishlash tonusini ta’minlaydi. Miya po‘stining yuqoridagi qismida joylashgan. 2-blok – axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki (ikkala yarim sharlarning orqa qismiga tepa chakka va ensa qismlariga joylashgan). 3-blokfaoliyatni dasturlashtirish, boshqarish va nazorat qilishni ta’minlaydi (peshona qismida joylashgan).
Hozirgi bosqichda psixofizyologiya yangi istiqbollarni ochadi, ayniqsa, bu stressning psixofiziologiyasi, differentsial psixofiziologiya, kasbiy faoliyatning psixofiziologiyasi va boshqalar. Bularning barchasi psixologiyani, uning gumanitar tarkibiy qismini va tabiiy ilmni, birinchi navbatda, biologiya bilan, zamonaviy jihatlarining butun kengligida yaqinlashish tendentsiyasini kuchaytiradigan haqiqiy material to'planganligini ko'rsatadi. Biroq, bu narsa faqat haqiqiy ma'lumotlarning to'planishiga ishora qiladi degani emas. Shveytsariya psixologi, psixiatr, analitik psixologiyaning asoschisi, Z.Freydning 3- izdoshi Karl Gustav Jung (1875-1961), "Biolog nafaqat u, balki fiziolog ham psixologga qo'l berib, noma'lum tog'ning turli burchaklaridan qazishni boshlagan tunnelda uchrashadigan kun kelishi mumkin", deb ta'kidladi.


  1. Yüklə 85,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin