Rasululloh qaytarganlar.
Ahmad Muhammad
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
NIKOHGA DOIR QAYTARIQLAR
Samura ibn Jundubdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uylanmaslikdan qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir
musulmonning ikkinchi musulmon kishi savdosi ustiga savdo qilishdan va sovchi
yuborganning ustidan sovchi yuborishdan qaytardilar».
(Imom Termiziy rivoyatlari)
Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar kuni
ayollarni mut’a qilishdan va eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar». (Mut’a
- biror ayolni
ma’lum muddatga va kelishilgan mablag‘ evaziga muvaqqat nikohga olish. Keyinchalik
buning makruhligiga fatvo berilgan bo‘lib, faqat shia mazhabida mavjud).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ali ibn Abu Tolib rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘azoti
kuni muvaqqat (siyg‘a) nikohni bekor qilib, xonaki eshaklar go‘shtini yemoqdan
qaytardilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Jobir (r.a.) rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayolning o‘z ammasi
yoki xolasining ustiga nikohlanmog‘ini man qildilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abdulloh ibn Umar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
«shig‘or» dan qaytardilar». (Shig‘or - bir kishining o‘z qizini (yoki singlisini) birovga
uning qiziga (yoki singlisiga) uylanish sharti bilan erga berishidir. Bunda har ikki tomon
ham mahr bermaydi).
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Eri
huzurida bo‘lgan ayolning erining iznisiz ro‘za tutmog‘i halol
emas hamda ayol erining
uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermasin va erining buyrug‘isiz biror
narsani sarf ilmasin, chunki o‘sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidir», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ibn Shihob rivoyat qiladilar. Alloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar»,
degan qavlidan murod shuki, Alloh taolo yetim qizlarga ularning
moli va jamoli uchun
uylanishni man qiladi, ya’ni yetim qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr
bermasdan uylanishdan, agar xunuk bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb
o‘zlari uylanmay, birovga ham erga bermay zulm qilishdan qaytaradi.
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Ibn Abbosning (r.a.) mavlosi Abu Ma’bud rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi
vasallam: «Ayol yonida mahrami bo‘lmasa safarga chiqmasin va yonida mahrami
bo‘lmagan ayol oldiga nomahram kirmasin», dedilar».
(Imom Buxoriy rivoyatlari)
Rasululloh qaytarganlar. Ahmad Muhammad
Dostları ilə paylaş: