ko‘chirish uchun xizmat qiladi. Traktorga yaqin bo‘lgan bosh-
moqqa tushadigan yuk 270-500 N, chetki boshmoqqa - 100-300 N
qilib sozlanadi.
Rotor 1950-3000 ayl/min tezlikda aylanib, pichoqning chiziqli
tezligini 65 m/s
gacha yetkazadi, o‘rgichning o‘zi esa 15 km/soat
tezlikda ishlaydi.
3-§. Pichano‘rgich-ezgich va pichano‘rgich maydalagich
Pichan uchun o‘riladigan o‘tlar tarkibidagi karotin, protein va
boshqa foydali moddalar poyalarning o‘zida emas, balki ularning
bargi va gullarida bo‘ladi. O‘rilgan o‘tning
bargi va guli poyaga
nisbatan tez quriydi. Poya qurishini kutilsa,
oldin qurib ulgurgan
gul va barglardagi foydali moddalar quyosh nuri ta’sirida kamayib
ketadi. Shu sababli pichanbop o‘tni tezroq quritish uchun uni o‘rish
bilan bir vaqtda poyalarini ezgan ma’qul bo‘ladi.
O‘ziyurar pichano‘rgich-ezgich (198-rasm) pichanbop o‘tlarni
o‘rib, ezib, ensiz uyumlarga to‘plab, qisman quritish uchun uni
dalaga tashlab ketadi. Bunday pichano‘rgich yurituvchi qism
Dostları ilə paylaş: