munofiqlarni jahannamga jam qiluvchidir. 141. Ular sizlarni kuzatib turadilar: agar sizlarga Allohdan fathu zafar (g'alaba) bo'lsa, "sizlar bilan birga emasmidik? (O'ljadan bizga ham beringlar)", - deyishadi. Bordiyu (g'alabadan) kofirlar nasibador bo'lishsa: "Sizlardan ustun turgan va sizlarni mo'minlardan himoya qilgan biz emasmi?" - deyishadi. Ular haqida Allohning (O'zi) qiyomat kuni hukm chiqaradi. Alloh kofirlar uchun mo'minlarga qarshi sira yo'l bermaydi. 142. Darhaqiqat, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo'ladilar. Holbuki, Alloh ularni "aldab qo'yuvchidir". Namozga tursalar ham dangasalik bilan odamlar ko'rsinga turadilar va Allohni juda kam esga oladilar. 143. Ular o'rtada sarsondirlar: na u yoqlik emaslar va na bu yoqlik. Kimniki Alloh adashtirsa, unga sira yo'l (chora) topa olmaysiz. 144. Ey, imon keltirganlar! Mo'minlar qolib, kofirlar bilan do'st tutinmangiz! Allohga o'zingizga qarshi aniq hujjat paydo qilmoqchimisiz?! 145. Albatta, munofiqlar do'zaxning eng tubida (bo'lur)lar. Ularga (biror) yordamchi topmaysiz. 146. Illo, tavba qilib o'zlarini tuzatgan, Alloh bilan bog'lanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilganlar, aynan ular mo'minlar bilan birga bo'lurlar. Mo'minlarga esa Alloh buyuk mukofot ato etur. 147. Agar shukr qilsangiz va imon keltirsangiz, Alloh sizlarni azoblab nima ham qiladi?! Alloh shukrni qabul etuvchi va biluvchi zotdir. OLTINCHI JUZ’ ************************* 148. Alloh yomonlikni so'z bilan oshkora aytishlikni suymaydi. Zulm qilingan kishi bundan mustasno*. Alloh eshituvchi va biluvchidir. Izoh:Ya'ni birovning qilgan yomonligidan nolib, uni yomonlik qilgan odamning o'ziga yoki boshqalarga
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
65
gapirib shikoyat qilish yoxud o'ch olishga urinishni Alloh xush ko'rmaydi.