Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
131
38. Yoki: "Uni (Muhammad) to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "U holda, agar rostgo'y bo'lsangizlar,
unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz boricha kishilarni (yordamga) chorlangiz!"
39. Balki, (ular Qur'on) ilmini egallamay turib va uning ta'vili (tafsiri) kelmay turib, yolg'onga yo'ydilar.
Ulardan oldingilar ham (payg'ambarlarini) xuddi shunday yolg'onchiga chiqargan edilar. Zolimlarning
taqdiri qanday bo'lganiga boqing!
40. Ular ichida (unga) imon keltirganlari bor va ular ichida unga imon keltirmaydiganlari ham bor.
Rabbingiz esa buzg'unchilarni biluvchiroqdir.
41. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga!
Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman".
42. Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan
keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?!
43. Ular ichida Sizga (shunchaki) nazar tashlab turadiganlari ham bor. O'zlari ko'rmasalar, ko'rlarni
yo'lga sola olarmidingiz?!
44. Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar.
45. Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha
turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon
ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar.
Dostları ilə paylaş: