15. Agar ular (ya'ni ota-onang) seni o'zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo'rlasalar, u
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
275
holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo'lsalar-da,) dunyoda yaxshi muomalada bo'lgin va o'zing Menga tavba qilgan kishilarning yo'liga ergashgin! So'ngra (ya'ni, qiyomat kunida) qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga qilib o'tgan amallaringizning xabarini berurman". 16. (Luqmon dedi): "Ey, o'g'ilcham, shubha yo'qki, agar xantal (o'simligining) urug'idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo'lsa, bas, u (amal) biroq xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo'lsa, o'shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir. 17. Ey, o'g'ilcham, namozni mukammal ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o'zingga yetgan (balolar)ga sabr qil! Albatta, mana shu ishlarning puxtasidandir. 18. Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin. Chunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas. 19. (Yurganingda) o'rta hol yurgin va ovozingni past qilgin. Chunki, ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir". 20. (Ey, insonlar,) Alloh osmonlar va Yerdagi barcha narsalarni sizlarga bo'yin sundirib qo'yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma'naviy) ne'matlarini komil berganini ko'rmadinglarmi?! Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular o'zlari bilmagan, hidoyat topmagan va aniq kitob (hujjat)ga ega bo'lmagan hollarida Alloh xususida munozara qilurlar. 21. Qachonki, ularga: "Alloh nozil etgan narsaga ergashinglar!",- deyilsa, ular: "Yo'q, bizlar ota-