www.ziyouz.com кутубхонаси
393
MUNOFIQUN SURASI Suraning nomi uning mazmuniga dalolat qilib turibdi. Unda munofiqlar tanqididan boshqa ilohiy eslatma va
nasihatlar ham mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. (Ey, Muhammad,) munofiqlar huzuringizga kelib: "Guvohlik beramizki, Siz, albatta, Allohning pay'g'ambaridirsiz", - derlar. Siz Uning payg'ambari ekanligingizni Alloh albatta bilur va Alloh munofiqlarning haqiqatan yolg'onchi ekanliklariga ham guvohlik berur. 2. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olib, (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sdilar. Ularning qilib yurgan amallari naqadar yomondir! 3. Bunga sabab ularning (tillarida) imon keltirib, so'ngra (dillarida) kofir bo'lganlaridir. Bas, ularning dillari muhrlab qo'yildi. Endi ular (haqiqatni) anglay olmaslar. 4. Ularga qarasangiz, ularning gavdalari Sizni ajablantirur, so'zlaganlarida esa so'zlariga beixtiyor quloq solursiz. Ular go'yo (devorga) suyab qo'yilgan (chirik) ёg'ochlarga o'xshaydilar. Ular har bir qichqiriq (ovoz)ni ustilariga (tushayotgan balo va ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo'ling! Ularni Alloh ursin! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar o'zi?! 5. Qachonki, ularga: "Kelinglar, Allohning payg'ambari sizlar uchun mag'firat so'rasin!" - deyilsa, albatta, ular boshlarini burib keturlar va ularni kibrlangan hollarida yuz o'girishlarini ko'rarsiz. Izoh: Bu oyatlar mashhur munofiq Abdulloh ibn Salul haqida nozil qilingan. U muhojirlarni haqorat qilib, so'ngra qilmishidan tongan. Rasululloh huzuriga borib uzr so'rashdan bosh tortgan. Kibru havosi va g'ururi bunga yo'l qo'ymagan. 6. (Ey,Muhammad,) Siz ular uchun mag'firat so'radingizmi yoki mag'firat so'ramadingizmi - ularga