yoki o'sha (ibora)ni qaytaringlar. Albatta, Alloh har bir narsani hisobga oluvchidir. Izoh: Hadisi sharifda aytilganidek, salom beruvchi "Assalomu alaykum" desa, "Va alaykum assalomu va rahmatulloh" deb alik olinadi. Agar u "Assalomu alaykum va rahmatulloh" deb salom bersa, "Va alaykum assalomu va rahmatullohi va barakotuh" deb alik olinadi. Shunday qilinganda, oyatda buyurilgandek, chiroyliroq qilib alik olingan bo'ladi. Salom beruvchi "va barakotuh" qo'shimchasini ham qo'shsa, alik oluvchi ham o'sha qo'shimchadan nariga o'tmasligi lozim. Mazkur oyatda bunga ishorat bor. Salom odoblaridan piyodaga suvora (ulovdagi odam), ko'pchilikka ozchilik, o'tirgan yoki o'rnidan turganga yurgan kishilar salom berish kabilarga rioya etish tavsiya etiladi. Lekin kichikdan oldin katta yoshdagi odam kamtarlik uchun salom bersa bu fazilatdir. Salom berishlik sunnat, alik olishlik esa farz ekanligi mazkur oyati karima mazmunidan olingan. 87. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) sizlarni, albatta, qiyomat kuniga yig'ajakkim, unda shubha yo'qdir. Kim ham Allohdan to'g'riso'zroq ekan?! 88. Sizlarga ne bo'ldikim, munofiqlarga nisbatan ikki guruh (bo'lib oldingizlar)?! Holbuki, Alloh ularni qilmishlari tufayli (oldingi hollariga) qaytardi. Alloh adashtirgan kimsalarni hidoyatga solmoqchimisizlar? Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, unga sira yo'l topa olmaysiz. Izoh: Bu oyatning nozil bo'lishiga sabab bir guruh munofiqlarning Badr jangiga chiqish uchun Rasulullohdan ruxsat olib jang qilish o'rniga borib mushriklar safiga qo'shilib ketishlari bo'lgan. Musulmonlar ular to'g'risida o'zaro ixtilof qilishib ba'zilari ularni kofir desa, boshqalari musulmon deb turganlarida, ushbu oyat bilan qat'iy xulosaga kelingan. 89. Ular o'zlari kofir bo'lganlaridek, sizlar ham kofir bo'lib, (ular bilan) barobar bo'lishlaringni