Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
58
Izoh: Siddiqlar deganda ilohiy ma'lumotlarga chin dildan ishonib, ularni dil bilan tasdiq etuvchi zotlar
tushuniladi. Tasavvufda payg'ambarlikdan keyingi eng yuqori martaba siddiqlik martabasidir. Bu martabaga
birinchi bo'lib Abu Bakr Siddiq (r. a. ) erishganlar. (Kosoniy "Silsilai siddiqiyn" kitobiga qaralsin).
70. Bu Allohdan (bo'lgan) fazldir. Alloh yetarli (darajada) bilimdondir.
71. Ey, imon keltirganlar! (Yovga nisbatan) ehtiyot chorasini ko'rgach, guruh-guruh bo'lib yoki
hammangiz jam bo'lib chiqingiz!
Izoh: Bu va keyingi oyatlar Madinaga ko'chib kelgan muhojirlar va ansorlardan iborat musulmonlarni
dushmandan ogohlantirish, ularga zulm o'tkazgan Makka mushriklariga qarshi harakatlarda ishtirok etishga
undash bilan birga undan bosh tortuvchilarni tanqid qilmoqda.
72. Darhaqiqat, ichlaringizda (jangga bormay) ortda qoladigan, sizlarga biror musibat yetsa, "Alloh
yorlaqab ular bilan birga (jangga) hozir bo'lmadim", - deydiganlar ham bor.
73. Bordiyu sizlarga Allohdan fazl (g'alaba) yetsa, xuddi sizlar bilan uning o'rtasida aloqa bo'lmagandek,
"Koshki edi, men ham ular bilan birga bo'lganimda ulkan yutuq (o'lja)ga erishgan bo'lur edim",- deb,
Dostları ilə paylaş: