149. Yaxshilikni oshkora qilsangiz ham, pinhona qilsangiz ham yoki yomonlikni afv etsangiz ham, albatta, Alloh afv etuvchi va qudratli zotdir. 150. Allohga va payg'ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg'ambarlari o'rtasini uzishni xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o'rtacha yo'l tutuvchilar, 151. ana o'shalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor etuvchi azobni tayyorlab qo'yganmiz. 152. Allohga va payg'ambarlariga imon keltirgan, ulardan birortasini ajratib qo'ymaganlar esa, aynan ularga mukofotlarini, albatta, berur. Alloh kechirimli va rahmlidir. 153. Ahli kitoblar Sizdan osmondan kitob tushirishingizni so'raydilar. Musodan ham bundan kattaroq narsani so'rab: "Bizga Allohni ochiq ko'rsat!" - deyishgan edi. Shunda (bu) zulmlari sababli ularni chaqmoq urgan edi. So'ngra (aniq) hujjatlar kelgandan keyin buzoqni (ma'bud qilib) olishdi. Shuni ham kechirdik va Musoga aniq saltanat (hujjat) berdik. 154. Ahdlari (olinishi) uchun tepalariga Tur (tog'i)ni ko'tarib turdik va ularga: "Darvozadan sajda qilgan holingizda kiring", - dedik. Yana ularga: "Shanba kuni (sinovi)da haddan oshmang", - dedik va ulardan qattiq ahd oldik. 155. Ahdni buzganlari, Allohning oyatlarini inkor etganlari, payg'ambarlarni nohaq o'ldirganlari va "Dillarimiz berk" deganlari sababli (ularni jazoladik). Yo'q! Balki, kufrlari tufayli Alloh ularning dillarini muhrlab qo'ygandir. Shuning uchun ozchilikdan tashqarilari imon keltirmaydilar. 156. Yana kufrlari va Maryam (sha'ni)ga aytgan ulkan bo'htonni gapirganlari sababli, Izoh:Maryam sha'niga ular zinokor deb tuhmat qilganlar. 157. shuningdek, Allohning payg'ambari Iso Masih ibn Maryamni biz o'ldirdik, degan gaplari tufayli