104. Ularga: "Alloh nozil qilgan narsaga va Rasul (hukmi)ga kelinglar (havola qilinglar)", - deyilsa, (ular): "Ota-bobolarimizni qaysi narsa (odat) uzra topgan bo'lsak, o'sha bizga kifoya", - deyishadi. Ota- bobolari biror (haq) narsani bilmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?! 105. Ey, imon keltirganlar! O'zlaringizga qarangizlar! Modomiki, hidoyat topgan ekansiz, adashganlar sizlarga zarar keltira olmaydi. Qaytar joyingiz Allohning huzuridir. O'shanda Alloh sizlarni qilgan ishlaringizdan xabardor qilur. 106. Ey, imon keltirganlar! Birortangizga o'lim kelganda, vasiyat paytida o'rtalaringizdagi guvohlik: o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikkita odil kishi (bo'lsin!) Yer yuzi bo'ylab safarda bo'lganingizda, sizlarga o'lim musibati yetsa, boshqa (ajnabiy)lardan ikkitasi (guvoh bo'lsin!) Ularni namozdan keyin ushlab turasizlar va shubhalansangizlar, ular Alloh (nomi) bilan qasamyod qiladilarki, "agar qarindosh bo'lsa ham uni (qasamni) ozgina bahoga almashtirmaymiz va Allohning bu guvohligini yashirmaymiz. Aks holda, beshak, gunohkorlardan bo'lib qolurmiz", - deb. 107. Agar u ikkisining gunoh (noto'g'ri guvohlik) sodir etganlari fosh bo'lib qolsa, ularning o'rinlariga (merosga) haqlilardan boshqa ikkita munosibroq kishi (guvohlikka o'tsin). (Ular ham) Alloh (nomi)
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
78
bilan qasamyod qiladilarki, "bizning guvohligimiz, albatta, u ikkisining guvohligidan loyiqroqdir va (adolatdan) tajovuz qilmaymiz. Aks holda biz, albatta, zolimlardan bo'lib qolurmiz", - deb. 108. Ana shu - guvohlikni o'z vajhidek (aslidek) berishlariga yoki qasamlardan keyin yana qayta qasam