qudratli va hikmatli (zot)dir. Izoh: Musulmonlar ozchilik bo'lishlariga qaramay ko'psonli yov qo'shini bilan to'qnashishga qaror qilganlarida, ba'zi munofiq va dili buzuqlar mazkur ta'na so'zlarni aytgan edilar. 50. Farishtalar kofir bo'lganlarning yuzlari va ketlariga urib jonlarini olayotganlarini ko'rganingizda edi. (Farishtalar o'sha paytda aytadilar:) "Yong'in (do'zax) azobini totingiz!" 51. Bu - o'z qo'llaringiz bilan qilgan qilmishlaringiz tufaylidir. Alloh esa bandalarga zulm etuvchi emasdir. 52. (Ularning bu hollari) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidir. (Ular) Allohning oyatlarini inkor qilishgach, Alloh ularni gunohlari sababli tutgan edi. Albatta, Alloh quvvatli va jazosi qattiq (zot)dir. 53. Bu (jazolarning sababi) Allohning bir qavmga in'om etgan ne'matini, to ular o'zlaridagi narsani (yomon holatga) o'zgartirmagunlaricha, o'zgartiruvchi bo'lmaganidandir. Shuningdek, yana Allohning eshituvchi va biluvchi ekanidandir. Izoh: Oyatni yanada kengroq anglash uchun "Ra'd" surasining 11-oyati tajimasi va izohiga qaralsin. 54. (Bu) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining oyatlarini yolg'onga chiqarishgach, gunohlari sababli ularni halok etdik va Fir'avn zodagonlarini (suvga) g'arq qildik. Hammasi zolim edilar. 55. Allohning nazdida jonzotlarning eng yomoni - bu kofir bo'lgan kimsalardir. Bas, (shuning uchun ham ular aslo) imon keltirmaydilar. 56. Ularning ichida Siz bilan ahdlashgandan so'ng, taqvosizlik qilib, har gal ahdlarini buzaveradiganlari bordir. 57. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni (halok qilish) bilan ortlaridagi (himoyachi)larni tum-