- ularning anglamaydigan qavm ekanligidir. 66. Endi, Alloh sizlardan (yukingizni olib) yengillashtirdi. Sizlarda ojizlik bor ekanini bildi. Bas, sizlardan yuz nafar sabrli (jangchi) bo'lsa, ikki yuzta (yov)ni yengar. Agar sizlardan ming nafar bo'lsa, Allohning izni bilan ikki ming (yov)ni yengar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir. 67. Biror Payg'ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermagunicha, asirlarga ega bo'lish mumkin emas. (Siz - mo'minlar) dunyo matohini istaysizlar. Alloh esa, (sizlar uchun) oxiratni istaydi. Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir. 68. Agar Allohning (taqdirda xatoni kechi- rishi to'g'risidagi) bitigi bo'lmaganda, albatta, sizlarga olgan (tovon)laringiz uchun ulkan azob yetgan bo'lur edi. 69. Olgan o'ljalaringizdan halol-pok holida tanovul etingiz va Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir. 70. Ey, Payg'ambar! Qo'llaringizdagi asirlarga ayting: "Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (imon borligi)ni bilsa, sizlardan olingan (tovon)dan yaxshiroq narsa berur va sizlarni kechirur. Alloh kechirimli va rahmlidir". 71. Agar (ular) Sizga xiyonat qilmoqchi bo'lsalar, ular ilgari ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shunda ulardan (jazoga) imkoniyat hosil bo'lgan edi. Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir. 72. Albatta, imon keltirganlar, hijrat qilganlar, mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko'rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o'shalar bir- birlariga do'stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do'stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so'rasalar,