Mundarija kirish… 3 I. Bob. Gyote uyg'onish davrining buyuk namoyandalaridan biri



Yüklə 171 Kb.
səhifə1/7
tarix02.04.2023
ölçüsü171 Kb.
#92420
  1   2   3   4   5   6   7
Gyote va O\'zbek adabiyoti.Kurs ishi... (2)


MUNDARIJA
Kirish… 3
I.BOB.GYOTE UYG'ONISH DAVRINING BUYUK NAMOYANDALARIDAN BIRI 5
1.1. Gyotening jahon adabiyoti va islom olamida tutgan oʻrni 5
1.2. Gyote ijodida sharqona motivlar 8
I bob bo’yicha xulosa 11
II.BOB.GYOTE IJODINING TARJIMALARI XUSUSIDA. 13
2.1. Shayton bilan kelishuv. Gyotening “Faust”i haqida 13
2.2. Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” , “Hijrat” she'rlari tarjimasining badiiy xususiyatlari. 18
II bob bo’yicha xulosa 22
Xulosa 24
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 25


Kirish
Milliy madaniyatlarning bir-biri bilan aloqasi va o'zaro ta'siri jahon madaniyati taraqqiyotining eng muhim shartlaridan biri sifatida baholangan. Har qanday millat boshqalardan o'rganishi mumkin va shartdir. "Milliy madaniyatlarning taraqqiyoti va ularning bir-biri va jahon madaniyati bilan aloqalari ayniqsa milliy mustaqilligimiz yillariga kelib, chuqur internatsional mohiyat kasb etdi.”... dunyo adabiyotining eng yaxshi namunalarini tarjima qilish, chop etish, o'rganish bilan bog'liq tajriba, chet el yozuvchilari bilan aloqalarni yanada rivojlantirish masalasiga bugun yetarlicha ahamiyat bermayapmiz.... Boshqa sohalar qatori adabiyot sohasida ham xalqaro aloqalarni kuchaytirish lozim.Men bu borada G'arb bilan birga Sharq mamlakatlari aloqalarini kuchaytirishni tavsiya etgan bo'lardim degan edi I.A.Karimov. Jahon adabiyotshunosligining tajribasini shuni ko'rsatadiki, milliy adabiyotlarning o'zaro aloqalari va ta'sirini o'rganish, adabiy aloqa hamda adabiy ta'sirning o'ziga xos qonuniyat va xususiyatlarini ochib berish, bir tomondan, jahon adabiyoti bosib o'tgan yo'lning asosiy tendensiyalarini belgilashga yordam bersa, boshqa tomondan, milliy adabiyotlarning bundan keyingi taraqqiyotiga jiddiy turtki bo'ladi.
Nemis adabiyotining buyuk mutafakkiri Y.V.Gyote asarlarida islom sivilizatsiyasining ifodasi haqida fikr yuritilgan. Unda shoirning islom diniga munosabati ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan shakllanganligi e’tirof etilgan. Muhammad payg‘ambar va islom diniga nisbatan Gyote ko‘proq o‘z shaxsiyati nuqtai nazarida turgan. Shuning natijasida islom haqida u bildirgan fikrlar o‘zigacha Olmoniyada mavjud bo‘lgan barcha g‘ayriodatiy, tor fikr va qarashlardan o‘zib ketdi. Islomga nisbatan ijobiy munosabatini Gyote o‘zining shaxsiy e’tiqodi va tafakkuri asosiy diniy ta’limotlar bilan mos bo‘lgan paytda kashf etdi.
Qur’onga bo‘lgan qiziqishi tufayli turli suralardan Qur’oni karim haqida xulosa chiqarish bilan kifoyalanmaydi, ko‘plab she’r va asarlarida islom va Qur’on izlari saqlanib qolgan. Ular orasida eng mashhur asarlar, shubhasiz, “Faust” va “Sharq G‘arb devoni”dir. Shu bilan birga, Gyote dinning o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini qamrab olgan islom diniga alohida e’tibor qaratgan.
Gyotening Sharqqa bo‘lgan qiziqishi, uning musulmon ekanligiga shubha qilishlariga munosib javob bo‘ldi. Bundan tashqari Gyote til va poetikaning kelib chiqishidan ko‘ra, islom dini va Sharq sivilizatsiyaga jiddiy e’tibor qaratgan. Uning imkoniyatlaridan biri bu Sharqda Yevropa madaniyatini topish edi. Shu nuqtai nazardan, uning jahon adabiyoti haqidagi konsepsiyasi mustahkam asosga ega bo‘lib, undan rivoj topmoqda.



Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin