Mundarija kirish… 3 I. Bob. Gyote uyg'onish davrining buyuk namoyandalaridan biri



Yüklə 171 Kb.
səhifə6/7
tarix02.04.2023
ölçüsü171 Kb.
#92420
1   2   3   4   5   6   7
Gyote va O\'zbek adabiyoti.Kurs ishi... (2)

II bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, doktor Faust haqida afsonalar juda ko‘p, u teatr spektakllarining qahramoni, ko‘plab mualliflar o‘z kitoblarida uning obraziga murojaat qilgan. Ammo Gyote qalamiga mansub hayotiy bilimlarning abadiy mavzusiga bag‘ishlangan Faust haqidagi drama dunyo adabiyotining eng qimmatbaho durdonalaridan biridir. Faust – Iogann Volfgang Gyotening eng mashhur asari bo‘lib, doktor Faust afsonasining eng mashhur versiyasini o‘z ichiga olgan falsafiy drama hisoblanadi. Bu yil butun dunyoda buyuk shoir va mutafakkir Yohann Volfgang Gyote tavalludining 260 yilligi keng nishonlanmoqda. Shuningdek, joriy yilda “G‘arbu Sharq devoni” ilk bor nashr etilganiga 190 yil to‘ldi. Shu ma’noda, ziyolilarimiz tomonidan Gyote ijodiga bo‘lgan qiziqish va katta e’tibor, xususan, “G‘arbu Sharq devoni” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va unga oid ilmiy-adabiy sharhlar e’lon qilish borasida amalga oshirilayotgan izlanishlar mamlakatimizda boshqa sohalar qatori adabiyot sohasida ham xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, G‘arb va Sharq o‘rtasida adabiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro adabiy ta’sir muammolarini o‘rganish yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonamiz. Gyotening Hofiz ijodiga bo‘lgan qiziqishi “Devon”ning yaratilishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Gyote tomonidan yaratilgan “Devon” fors shoiri Hofiz ijodi bilan go‘yoki, “egizak asar” edi. Fors shoiri Hofiz XIV asr lirik asarlarning eng muhim va haqiqiy xazinasini qoldirdi. Tarixiy manbalarda e’tirof etilishicha, bir kuni Hofiz “Devon”ining nemischa tarjimasi Gyote qo‘liga tushib qoldi. Gyote bu tarjima asarni o‘qib, o‘rganar ekan, Hofizning til san’atiga hayrat uyg‘ondi. Bu tarjima asarda shoir ko‘p o‘xshashliklarni aniqlay olgan va uning ruhiy munosabatidan chuqur ilhomlangan.


Umumiy Xulosa
Xullas, Gyotening Hofiz ijodiga bo‘lgan qiziqishi “Devon”ning yaratilishi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Gyote tomonidan yaratilgan “Devon” fors shoiri Hofiz ijodi bilan go‘yoki, “egizak asar” edi. Fors shoiri Hofiz XIV asr lirik asarlarning eng muhim va haqiqiy xazinasini qoldirdi. Tarixiy manbalarda e’tirof etilishicha, bir kuni Hofiz “Devon”ining nemischa tarjimasi Gyote qo‘liga tushib qoldi. Gyote bu tarjima asarni o‘qib, o‘rganar ekan, Hofizning til san’atiga hayrat uyg‘ondi. Bu tarjima asarda shoir ko‘p o‘xshashliklarni aniqlay olgan va uning ruhiy munosabatidan chuqur ilhomlangan. Ayniqsa, u o‘z “Devoni”ni yozayotgan davrda, Gyote qayta-qayta ta’kidlaganidek, Hofiz unga ma’naviy ustoz bo‘lgan. U orqali nemis shoiri lirik tarzda Sharq va G‘arb o‘rtasida ko‘prik qurishi mumkin edi. Sharq va G‘arb o‘rtasidagi vositachi rolini o‘z zimmasiga oladiBugungi kunda jahonning hamma mamlakatlaridagi insonlar — ular qaysi dinga e’tiqod qilishlari yoki hech biriga e’tiqod qilmasliklaridan qat’iy nazar tarixiy, shu jumladan, diniy merosga ham Gyote kabi hurmat bilan yondashganlarida “karikaturalar mojarosi” kabi jiddiy ziddiyatlar ro‘y bermasdi, islom dini mohiyatini tushunmasdan uni terrorizm bilan bog‘lashga behuda urinishlarga duch kelinmasdi.Shu nuqtai nazardan islomga munosabatni ham Gyotedan o‘rganish kerak. Betakror ijod sohibining asarlari, shu jumladan, “Faust” ham dinlararo, madaniyatlararo, millatlararo bag‘rikenglik namunasidir. Ular Sharq va G‘arb tsivilizatsiyalarini uyg‘unlashtirish maqsadlariga ham xizmat qilmoqda, deyish uchun hamma asoslar bor. Shuning uchun ham Gyotening buyuk “Faust” tragediyasidan kelib chiqadigan pirovard asosiy xulosa quyidagicha:
Kim — erk, hayot deb jang qilolsa har kun —
Erku hayot uchun o‘sha munosib!

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin