Mundarija kirish… 3 I. Bob. Gyote uyg'onish davrining buyuk namoyandalaridan biri


Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” , “Hijrat” she'rlari tarjimasining badiiy xususiyatlari



Yüklə 171 Kb.
səhifə5/7
tarix02.04.2023
ölçüsü171 Kb.
#92420
1   2   3   4   5   6   7
Gyote va O\'zbek adabiyoti.Kurs ishi... (2)

2.2. Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” , “Hijrat” she'rlari tarjimasining badiiy xususiyatlari.
Ma’lumotlarga qaraganda, adibning Veymarda chop etilgan badiiy va ilmiy merosi 143 jilddan iborat. Bu asarlar orasida Gyote 1814 — 1815 yillarda yozishni boshlagan va ilk bor 1819 yilda, 70 yoshida nashr ettirgan “G‘arbu Sharq devoni” alohida o‘rin tutadi. Gyotening asarlari barcha mamlakat adabiyoti katta muvafaqqiyatlar bilan kutib olingan bolsa-da, ayniqsa shoirning Garbu Sharq devoni birmuncha tortishuvlarga sabab boldi. Gyotening Sharqu G'arb devonida hadislarda keltirilgan ayollar obrazini tanqid qilish asosiy maqsad qilib olingan. Gyote sinchkovlik bilan ta’kidlab aytgan ediki, “G‘arbu Sharq devoni” — bu mustahkam qad ko‘targan ehrom gumbazi, garchi u turli janrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lsa-da, mustahkam qad ko‘tarib turibdi. Bu ehromga olib boruvchi shoir yo‘li og‘ir va murakkab edi, asarning nasriy qismi va sharqnomalar, shuningdek, Gyote va zamondoshlari xotiralari shundan guvohlik beradi. Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” birinchi bor 1820 yilda chop etilgan edi. Ammo ish hali davom etardi, 1827 yilda ikkinchi, kengaytirilgan nashri paydo bo‘ldi. Dastavval “Devon” “G‘arbu Sharq devoni yoxud mudom Sharqqa mos keluvchi nemis she’rlari to‘plami” deb atalgandi. Yana bir qancha nomlari bor edi. “Devon” ustidagi ish jadal borardi. Oz vaqt ichida shoir talay she’rlar bitdi. “G‘arbu Sharq devoni” uchun yozilgan dastlabki she’r Hofiz yo‘lida insho etilgan “Yaralish va turilish” bo‘lgan edi, deb hisoblashadi. Avvalboshdanoq Gyote “Devon”ni bir butun deb e’tirof etgan va o‘zining bo‘lajak asari tuzilishini puxta o‘ylab olgan. Asar ustidagi ish nihoyasiga yetgunga qadar u o‘zidagi qandaydir badiiy nuqsonlarga nisbatan talabchanlikni his qilib turgan. “Devon” ustida ishlash muallifga ulkan ijodiy qoniqish bag‘ishlaydi. U qandaydir yangi va misli yo‘q bir ish qilayotganini anglab turardi, G‘arbiy Yevropa va Nemis badiiy an’analarini Gyote uchun umrbod jozibador va bitmas-tuganmas hisoblangan boy sharqona estetik tajribasi bilan yo‘g‘irib yuborishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Gyote ta’siri ostida nemis adabiyotida F. Ryukkertning “Sharq gullari” (1822), Avgust Platenning “Devon” yaratilishiga bag‘ishlab yozgan “G‘azallar” to‘plami dunyoga keldi. Biroq Gyotedan farqli o‘laroq, Platen sharq madaniyatini o‘rganishga mukkasidan ketmadi. Natijada u “o‘zga” olam ichiga teran ijodiy kirib bora olmadi. Gyote bu to‘plamga taqriz yozdi, mazmunning yuzakiligini, uslubning dabdabaliligini ta’kidladi, undan unchalik hayajonga tushmaganini aytdi. Taqrizda yengil kinoya ohangi ifoda etilgan.
Gyote uchun sharq madaniyatini anglash — bu qiyin, ko‘p qirrali va ayni vaqtda yoqimli, sevimli jarayondir. Uni na jo‘g‘rofiy, na etnik-ijtimoiy-psixologik, na diniy cheklovlar tashvishga soladi, aksincha, bular unga huzur bag‘ishlaydi. Ijodiy jarayonga hamkorlik qilgan dalillar to‘g‘risida gapirar ekan, Gyote ta’kidlaydiki, ular baxtiyorlik tuyg‘usining jonlanishiga va tobora kuchayib borishiga imkon beradi, sof tuyg‘uga ega bo‘lgan har odam “Devon”ni mutolaa qilganida xuddi shunday kayfiyatga beriladi” .Darhaqiqat, “Devon”ni o‘qir ekanmiz, shunday bir ko'tarinki his tuyg‘ular, teran falsafiy-estetik mushohadalar muhitiga g‘arq bo‘lasizki, bunday muhitda shoir ham, uning o‘quvchisi ham o‘zini tom ma’noda baxtli his etadi. Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” jahon madaniyatida qariyb ikki yuz yildan buyon yashab kelmoqda. Ammo shu vaqtgacha bu noyob asar ikki xil milliy-adabiy-estetik tizimning o‘zaro suhbati o‘laroq, o‘quvchilari va tadqiqotchilari oldida o‘zining barcha sir-asrorini teran ochib bergan, deb dadil ayta olmaymiz.
Gyote garchi olis Germaniyada yashab ijod etgan bo‘lsa ham, ruhan Sharq shoiridir. Uning asarlaridagi ma’no va mazmun, his-tuyg‘u sharq kishisiga xosligi bilan ajralib turadi. Sharqqa chinakam ixlos qo‘ygan shoirning ba’zi satrlarini o‘qiganda, musulmon olamiga, Sharq dunyosiga ulkan mehri borligini, ana shu olamni bilishga kuchli intilishni ko‘rish mumkin. Uning ta’biricha, jahon she’riyatidagi yetti yulduzning hammasi sharqlik shoirlardir.Gyotening “G‘arbu Sharq devoni” “Hijrat” she’ri bilan boshlanadi:
Taxtlar qulab, ne taajjub,
Xarob Shimol, Mag‘rib, Janub.
Sharqqa hijrat erur vojib,
Unda ishqu mayu mutrib
Hamda Xizr suvi bordir,
Boqiy umr senga yordir.
(Sadriddin Salim Buxoriy tarjimasi.)
Bu she’rda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning dushmanlardan qochib, Makkadan Madinaga hijrat etishiga ishorat qilinganu, aslida, bu misralar ramziy ma’noga ega bo‘lib, shoirning Sharqqa xayolan “ko‘chishi”, “hijrat qilishi”ni bildiradi. She’rda barcha umidlari poymol bo‘lgan shoir g‘arbu janub va shimoldan Sharq she’riyati olamiga “qochib ketish”dan maqsadi yasharish, yangi hayotni boshlash ekanini uqtiradi va boshqalarni ham ortidan ergashishga chaqiradi. Adabiyotshunos olimlarning “G‘arbu Sharq devoni” Kur’oni karim va hadisi shariflar, tasavvuf ta’limoti ta’siri hamda Firdavsiy, Anvariy, Nizomiy, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Sa’diy va Jomiy g‘azallari talqinida yaratilgani haqidagi fikri asoslidir.
Ma’lumki, Gyote Sharq xalqlari tillari va tarixi, adabiyoti va diniy-falsafiy qarashlari, udumlari va urf-odatlarigi yoshligidan qiziqqan. G‘arblik gyoteshunoslarining fikricha, adib Qur’on va hadislar tarixi, Muhammad payg‘ambarimiz tarjimai hollari, shuningdek, Sharq allomalari ijodini, asosan, ingliz, frantsuz tillaridagi tarjimalardan yoki shu tillar orqali qilingan nemischa tarjimalardan o‘qigan va ular bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Shu ma’noda, Gyotening “Devon”ini Sharq va G‘arbni bog‘lab turuvchi adabiy ko‘prik yoki sharqshunoslikka kirish, deb baholash maqsadga muvofiq. Jahon adabiyotining ko‘plab durdonalari qatorida Gyotening qalamiga mansub asarlar allaqachon jahon tillariga qayta-qayta tarjima qilinib, bashariyatning ma’naviy xazinasiga aylanib ulgirgan. Aytish joizki, Gyotening “G‘arbu Sharq devoni”ning nafaqat nomi, balki mundarijasidan ham Sharq nafas ufurib turganini asarning “Mug‘anniynoma”, “Hofiznoma”, “Ishqnoma”, “Tafriqnoma”, “Ranjnoma”, “Hikmatnoma”, “Temurnoma”, “Zulayhonoma”, “Soqiynoma”, “Masalnoma”, “Forsiynoma”, “Xuldnoma” deb nomlangan o‘n ikki kitob(bob)dan iborat ekanida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
1968 yilda taniqli rus sharqshunosi N.Konrad shunday savol bergan: “Gyotening G‘arbu Sharq dostoni mashhur va o‘rganilgan, biroq nemis shoirining Sharqqa nisbatan na faqat uning o‘z ijodiy bibliografiyasidagi g‘oyat jiddiy vaqtda, balki yangi Yevropa adabiyoti uchun ham haddan tashqari jiddiy bo‘lgan bir vaqtda murojaat qilganining o‘zi yetarli darajada baholanganmi?”. Afsuski, fan bu savolga hanuz uzil-kesil javob qilgani yo‘q. Dastlabki taqrizlardan birini Gyotening zamondoshi, sharqshunos, “Devon” ustidagi ish jarayonida shoirning maslahatgo‘yi bo‘lgan Kozegarten yozgandi. Uning kuzatishlari alohida qimmatga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, nemis fani “G‘arbu Sharq devoni”ga katta e’tibor berib kelayotir, bu haqda nemis olimlari ishlarining A.Mixaylov maqolasida ilova qilingan bibliografiya guvohlik beradi.
Rus adabiyotshunosligida “Devon”ga u qadar ko‘p e’tibor berilmaydi. V.Jirmunskiyning “Gyote rus adabiyotida” risolasida (1937) “G‘arbu Sharq devoni” tilga olib o‘tiladi xolos, ammo adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilmaydi. L.Kessel va I.Braginskiy ishlarida “Devon” diqqat markazida tursa-da, tadqiq etilmagan muammollar shundayicha qolavergan. Ayrim mamlakat va shaharlarda Gyote ijodini o‘rganish bo‘yicha jamiyatlar mavjud (mas. Frantsiya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Moskva, Sankt-Peterburgda). Ularda nemis shoirining asarlari bilan bog‘liq ko‘plab muammolar ko‘rib chiqiladi. Ammo “G‘arbu Sharq devoni” xoh germanshunoslik, xoh sharqshunoslik, xoh turkshunoslik bo‘lsin, hali o‘z tadqiqotlarini kutmoqda.

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin