Mundarija kirish… 3 I. Bob. Gyote uyg'onish davrining buyuk namoyandalaridan biri


I.BOB.GYOTE UYG'ONISH DAVRINING BUYUK NAMOYANDALARIDAN BIRI



Yüklə 171 Kb.
səhifə2/7
tarix02.04.2023
ölçüsü171 Kb.
#92420
1   2   3   4   5   6   7
Gyote va O\'zbek adabiyoti.Kurs ishi... (2)

I.BOB.GYOTE UYG'ONISH DAVRINING BUYUK NAMOYANDALARIDAN BIRI
1.1.Gyotening jahon adabiyoti va islom olamida tutgan oʻrni
Gyote Yohan Volfgang (1749.28.8, Frankfurt-mayn 1832.22.3, Veymar) nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70-80-yillari Germaniyada mavjud bolgan «Boron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik sherlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani osha davr nemis adabiyotida katta voqea boldi. Asarda ilgor nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi oz aksini topgan. 1786-1788 yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779-1781), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780-1789) kabi dramalar yozadi. «Sheriyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811-1833), «Vil`xel`m Maysterning oqish yillari» (1793-1796), «Vil`xel`m Maysterning darbadarlik yillari» (1821-1829) romanlarida inson bilan jamiyat ortasidagi munosabat masalasi aks etgan.
Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur organadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sadiy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulugbek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag’ribu mashriq devoni»ni (1814-1819) Sharq sheriyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Muganniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bo'limdan iborat. Devonda «bulbul», «hur», «fatvo», «muganniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi sozlarni asliyatda qollaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768-1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo'ldi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.Gyote sherlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Cho‘lpon, Oybek, Shayxzoda va b.). Keyinchalik Gyotening «Faust» (Erkin Voxidov tarjimasi, 1972-1975), «Mag'ribu mashriq devoni» (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985-1990), «Yosh Verterning iztiroblari» (YA. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari o'zbek tilida nashr etilgan. Gyote ijodi haqida ozbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. Gafurov, O. Olloberganov, YA. Egamova, Poshali Usmon o'g'li va b.) adabiy-tanqidiy makrlalar yozishgan.
Germaniyaning marifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi Gyote nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat korsatmoqda (1998 yildan). Mashhur nemis yozuvchisi 1832) islom olamida munosib orin egallagan. Biroq u islomga bolgan Yohann Volfgang Gyote (1749 )qiziqishi bilan tanilgan ayniqsa, Qur’ondan bolsa-da, yozgan kopgina asarlarida Islomdan va olgan ilhomlar bugungi tadqiqotlarda kopincha etibordan chetda qolmoqda. Qolaversa, islom dinining Gyote fikrlari va sherlariga tasiri kopincha yetarlicha baholanmaydi va mavzu sukut saqlaydi. Gyotening Qur’onni qadrlashi nafaqat tilning jilosi, balki shoirning Qur’onning asosiy talimotlarini nasroniylik etiqodida topganligi va shu tariqa begona din bilan aloqa ornata olganligi bilan bogliq edi.Nemis adabiyotining buyuk mutafakkiri Yohann Volfgang Gyote haqida fikr yuritilar ekan, aslida shoirning islom diniga munosabati marifatparvarlik goyalari bilan shakllanganligini etirof etish kerak. Gyote islom va Qur’ondan ilhomlanib yozgan asarlari bilan islom madaniyatini Garbga tanitishga, Sharq va Garb ortasida koprik qurishga harakat qildi. Shu sababli uning asarlari musulmonlar orasida qiziqish bilan kutib olindi. Yoshligidan Qur’onga bolgan qiziqishi tufayli turli suralardan Qur’oni karim haqida xulosa chiqarish bilan kifoyalanmaydi, ko'plab sher va asarlarida islom va Qur’on izlari saqlanib qolgan. Ular orasida eng mashhur asarlar, shubhasiz, Faust va Sharq Garb devonidir. Ammo Gyote Qur’ondan ilhomlangan asarlar yaratgani malum bolsa-da, aksariyat tadqiqotlarda xristian diniga oid qadriyatlarga va falsafiy unsurlarga ko‘proq etibor qaratiladi. Gyotening asarlari barcha mamlakat adabiyoti katta muvafaqqiyatlar bilan kutib olingan bolsa-da, ayniqsa shoirning G'arbu Sharq devoni birmuncha tortishuvlarga sabab bo‘ldi.
Gyotening zamondoshi adabiyotshunos olim Menselning fikrini misol qilib olish mumkin: Gyote geniy emas, shunchaki jaydari talant sohibi bo‘lib, chet el adiblariga qullarcha ergashib, taqlid qilgan. Uning asarlarini hech qanday siyosiy qimmati yoq . Menselning Gyote asarlariga nisbatan salbiy fikrlari asossiz ekanligini tarix ko‘rsatdi. Uning ijodi Ikkinchi Uyg‘onish davri sifatida Yevropaning barcha madaniy jabhalarida o'z ta'sirini namoyon qildi. Shunday bolsa-da, bu ta'sir qisman va ma'lum sohalar bilan cheklanib qoldi. X.G.Shvars takidlaganidek, Birinchi Uygonish davri bilan taqqoslaganda, Gyote asarlaridagi Sharq motivlarining keng ko‘lamliligi ko‘zga tashlanmaydi. Faqat yunonlar madaniyatiga xos namunalar keng tarqalgan edi. Agar noto'g'ri talqin qilingan bolsa ham, Sharqning ifodasi saqlanib qoladi. Nemis adabiyotining Sharqqa va uning madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishi fransuzlarning Sharqni umuman madaniyatni targ'ib qilish, shuningdek, iqtisodiy va geostrategik maqsadlar uchun tarqatishga urinishlariga sabab bo'lmadi.
Gyotening Qur’onni qadrlashi nafaqat tilning jilosi, balki shoirning Qur’onning asosiy talimotlarini nasroniylik etiqodida topganligi va shu tariqa begona din bilan aloqa ornata olganligi bilan bog’liq edi. Buyuk Gyote qadimgi Yunoniston, Rumo ilmu fani bilan birga, Sharq madaniyati va adabiyoti yutuqlarini ham tashnalik bilan o‘zlashtirgan hamda asarlariga sharqona ruh va sheriyat ananalarini singdirib yuborgan, deb yozadi professor Najmiddin Komilov, Gyote nazdida Sharq adabiyoti va sheriyati, Firdavsiy, Shayx Sadiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy ijodi- "Xizr chashmasi".
Hofiz, Sadiy, Jomiy kabi Sharq shoirlari asarlarini asosan ingliz va fransuz tillaridagi tarjimalarda yoki shu tillardan nemis tiliga ogirgan Hammer tarjimalarida oqigan Gyotening butun fikrini sharqona ananalarva islomiy falsafiy qarashlarga chulg'ab oladi. Gyotening islom dinini qabul qilgan degan fikrni quyidagi misra mazmunidan anglashimiz mumkin: Allohga itoatdur Islom degan soz asli,Islomda yashab hamma, olajakmiz islomda. Ushbu she'riy xazinani yaratar ekan, Gyote Sharq tarixi, madaniyati, Muhammad alayhissalom hayoti, Hadisu sharif, Qur’oni karimni, Sharq she'riyati uchun asos bo'lgan tasavvuf ta'limotini chuqur o'rganadi. Gyotening umuman Sharq va islomga bolgan ishtiyoqi tasodif emas, balki u hayotiy tajribasi va ijodiy faoliyati davomida qabul qilgan qaror edi.Demak, Gyoteda bo'rttirish yo'q, ekzotizm yoq, lekin islom va Sharq madaniyatlari haqida chuqur bilimga ega .

Yüklə 171 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin