sharmsor qiladi va sizlarni ular ustidan g'alaba qozontiradi hamda mo'minlar qavmi siynalariga shifo beradi 15. va dillaridagi alamni ketkazadi. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning tavbasini qabul etadi. Alloh bilimli va hikmatli (zot)dir. 16. Yoki sizlardan (Haq yo'lida) kurashgan va Allohdan, Rasulidan va mo'minlardan o'zgalarni (sirdosh) do'st tutmaganlarni Alloh bilmay (sinamay) o'z hollaringizga tashlab qo'yilasizlar, deb hisobladingizmi? Alloh qilayotgan ishlaringizdan ogohdir. 17. Mushriklar o'zlarining kofirliklariga guvoh bo'lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari mumkin emas. Ana o'shalarning qilgan ishlari habata (behuda) ketib, do'zaxda o'zlari mangu qolurlar. 18. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni mukammal o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqanlar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan bo'lishlari mumkin. 19. Hojiga suv ulashish va Masjidi Haromni obod qilish (vazifalarini o'tayotganlar)ni Allohga va oxirat kuniga ishongan va Alloh yo'lida kurashganlar bilan teng qildingizmi?! Alloh nazdida (ular) teng bo'lmaydilar. Alloh zolimlar qavmini hidoyat etmagay. Izoh: Abbos, Shayba kabi Makka mushriklarini Ali ibn Abi Tolib(r. a. ) Payg'ambarga qarshi kurashganlikda ayblagach, ular: "Biz ham hojilarga suv ulashish, Ka'baning obodonchiligi kabi savobli ishlarni qilyabmiz- ku!"- deya e'tiroz bildirganlarida, mazkur oyat nozil etilgan. 20. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (toatida) mollari va jonlari bilan kurashganlar Allohning nazdida darajalari ulkan zotlardir va aynan o'shalar yutuq egalaridir. 21. Parvardigorlari ularga O'z tarafidan rahmat, rizolik va ular uchun ne'matlari doimiy (bo'lmish)