Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
15
122. Ey, Isroil avlodi, sizlarga in'om etgan ne'matimni va sizlarni (butun) olamlar uzra afzal qilganimni
eslangiz!
123. Birov biror narsada o'zganing o'rniga o'ta olmaydigan, (gunohkor uchun) badal ham olinmaydigan,
unga shafoat ham foyda bermaydigan hamda ularga yordam ham berilmaydigan kun (qiyomat)dan
qo'rqingiz!
124. Eslang: Ibrohimni bir necha so'zlar bilan Rabbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi.
Shunda (Alloh): "Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman", - dedi. (Ibrohim)
"Zurriyotimdan hammi?" - deb so'radi. (Alloh) aytdi: "Mening ahdim zolimlarga tegishli emas".
Izoh: Imtihon so'zlari: mo'ylabni qisqartirib turish, og'iz va burunni chayish, misvok bilan tish tozalash,
tirnoqlarni, qo'ltiq va qovuq yunglarini olib turish, xatna qildirish va suv bilan istinjo (mustahab) qilish. Ibn
Abbos (r. a. ) ularni o'ttizta sifat bilan izohlaganlar. U sifatlar Baroat (tavba), Ahzob va Maorij suralarida chin
mo'minlarning sifatlari shaklida berilgan, deb isbotlaydilar.
Dostları ilə paylaş: