tushirgach: "Xushxabar! Bu bola-ku!" -dedi. Uni matoh sifatida maxfiy tutdilar. Alloh esa qilayotgan ishlarini biluvchidir. Izoh: Matoh sifatida bozorga olib borib sotib yuborish niyatida yashirib qo'ydilar. 20. Uni (Misrda) arzon - sanoqli dirhamlarga sotdilar va (bu ishda go'yo) tarki dunyochilardan bo'ldilar. 21. Misrda uni sotib olgan kishi (shahar hokimi Qitfir) xotini (Zulayxo)ga: "Unga yaxshi joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki o'g'il qilib olsak", - dedi. Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) ta'vili (mazmuni)ni bildirishimiz uchun (shunday qildik). Alloh (O'z) ishida g'olibdir, lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar. 22. Voyaga yetgach, unga hukm (hakamlik) va ilm ato etdik. Chiroyli ish qiluvchilarni shu tarzda mukofotlaymiz. 23. U (Yusuf) uyida bo'lgan ayol (Zulayxo) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni qulflab: "Qani kel!" -dedi. (Yusuf) dedi: "Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo'lsa?! Zolimlar, zotan, iqbolsiz bo'lurlar!" Izoh: Oyatdagi "zolimlar"dan murod xoinlar yoki zinokorlardir. 24. (Zulayxo) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo'lgandi*. Agar Rabbining hujjatini* ko'rmaganda (bo'lar ish bo'lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u (dili) xolis bandalarimizdandir. Izoh: Yusufdagi moyillik dilda hosil bo'ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo'lmagan moyillik edi. Zulayhodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi. Izoh (a): Rabbining hujjati - otasining siymosi, ya'ni mazkur
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
148
moyillik paydo bo'lgan zahoti bexos ko'zlariga otasi Ya'qub (a. s.) ning yuzlari ko'rinib, go'yo "bu ishdan qayt!" - degandek tuyuldi.