Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
146
YUSUF SURASI
Yusuf-payg'ambar nomi.
"Go'zal qissa" deb ta'riflanuvchi ushbu surada asosan Ya'qub (a. s.) ning 12-o'g'li Yusuf (a. s.) ning boshidan
kechirgan voqealari aks ettiriladi. Surada otalik va birodarlik mehri, ishq-muhabbat, ayollar makri, tush ta'biri,
saxiylik va kechirimli bo'lish kabi insoniy xususiyatlar ajib uslubda o'z ifodasini topgan. Bu suradan
ilhomlangan shoir va yozuvchilar to hanuz Yusuf-Zulayho qissasi rukni bilan turli dostonlar ijod etganlar. Ular
ichida Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Firdavsiy, Rabg'uziy, Durbek, Balxiy kabi shoirlarning asarlari diqqatga
sazovordir.
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.
1. Alif, Lom, Ro. Ushbular aniq Kitobning oyatlaridir.
2. Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik.
3. Biz Sizga ushbu Qur'on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga go'zal qissani aytib berurmiz. Siz esa
undan (vahiydan) oldin bexabarlardan (biri) edingiz.
4. Eslang, Yusuf (o'z) otasi (Ya'qub)ga dedi: "Ey, otajon! Men (tushimda) o'n bitta yulduz, quyosh va
Dostları ilə paylaş: