Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir". 54. Shoh: "Keltiringlar uni huzurimga, uni o'zimga xos kishilardan qilib olay!" - dedi. U bilan so'zlashgach (shoh): "Sen bugun(dan boshlab) bizning huzurimizda martabali va ishonchli (shaxs)dirsan", - dedi. 55. Yusuf) dedi: "Meni shu yerning xazinaboni qilib qo'y! Zero men saqlovchi va (tasarrufni) biluvchidirman". Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) shu oyatni o'qib aytgan ekanlar: "Alloh birodarim Yusufni rahmat qilsin, agar xazinabonlik lavozimini shoshilib o'zi so'ramaganda, bir yil kechiktirmasdan shu lavozim berilar edi". 56. Shunday qilib, Yusufni (o'sha) yerning o'zi xohlagan joyida istiqomat qiladigan qilib quydik. Rahmatimizni O'zimiz xohlagan kishilarga yetkazurmiz va ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmaydurmiz. 57. Oxirat mukofoti esa, imon keltirgan va taqvoli bo'lganlar uchun yaxshidir. 58. Yusufning birodarlari (Misrga) kelishib, uning huzuriga kirganlarida, ularni tanidi. Ular esa, uni tanimas edilar. 59. Ularni sarmoyalari bilan jihozlagach, (Yusuf) dedi: "O'sha, ota bir inilaringizni mening huzurimga keltiringiz. Axir, men sizlarga yaxshi mezbonlik qilib, (donlarni) to'la holda o'lchab berayotganimni ko'rayapsizlarmi? 60. Bas, agar uni mening huzurimga olib kelmasangizlar, u holda mening dargohimda -sizlar uchun o'lchanadigan narsa yo'qdir – menga yaqin kelmay qo'ya qolinglar" 61. Ular: "Otasidan uni (bizga qo'shib yuborishni) so'raymiz. Albatta, bizlar (shunday) qiluvchimiz", - dedilar. 62. (Yusuf o'zining tarozibon) yigitlariga: "Ularning, (donga almashtirish uchun) keltirgan narsalarini