O'zigagina tavakkul qilsinlar!" 68. Ularning otalari buyurgan taraflardan (Misrga) kirishlari ulardan Allohning biror hukmini qaytaruvchi emasdir. (Bu) faqat Ya'qubning dilidagi (farzandlariga nisbatan mehridan paydo bo'lgan) bir ehtiyoj bo'lib, u o'shani qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz (vahiy orqali) bergan ta'limimiz sababli (chuqur) bilim egasidir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar. 69. Yusufning huzuriga kirganlarida, u inisini o'ziga tortib: "Men sening akangman. Endi ular (ya'ni, akalarimiz) qilayotgan narsa (hasad-adovatlari)dan g'amgin bo'lmagin", - dedi. 70. Bas, ularning hojatlarini ravo qilgach, inisining yuki orasiga (bildirmay) bir qadahni solib qo'ydi. So'ngra jarchi: "Ey karvon (egalari), sizlar o'g'ridirsizlar", - deb jar soldi 71. Ular kelishgach: "Nima yo'qotdingizlar?", - dedilar. 72. (Jarchilardan biri) aytdi: "Podshohning qadahini yo'qotdik. Uni topib keltirgan kishiga bir tuya yuk (mukofotdir). Men shunga kafilman". 73. Ular dedilar: "Allohga qasamki, bizlar bu yerga buzg'unchilik qilish uchun kelmaganimizni bilasizlar-ku! (Bizlar) o'g'ri emasmiz". 74. "Agar yolg'onchi bo'lsangizlar, (o'g'rining) jazosi nima bo'lur?"- so'rashdi (jarchilar). 75. Ular dedilar: "Uning jazosi, kimning yuki orasidan topilsa, o'sha kimsa jazolanur. Bizlar zulm (o'g'rilik) qiluvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz". 76. Bas, (Yusufning xizmatkori axtarishni) uning birodari (Binyamin)ning idishidan oldin ularning (ya'ni, akalarining) idishlaridan boshladi. So'ngra uni ukasi idishidan "topib" chiqardi. Biz Yusufga mana shunday hiyla (tadbir)ni qildik (bildirdik). (Chunki) podshohning dinida o'z birodarini - Alloh