so'zlovchilarmiz".
83. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarga havoyinafsingiz (yomon) ishni chiroyli qilib ko'rsatgan. Endi (mening
ishim) chiroyli sabrdir. Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyamin va katta o'g'limning) barchalarini
(bag'rimga) qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir".
84. Keyin ulardan yuz o'girib: "Esizgina Yusuf!" dedi. G'am-g'ussadan uning ko'zlari oqarib (ojiz
bo'lib) qoldi va u endi hazindir.
85. (Shunda o'g'illari): "Alloh haqqi, to chala o'lik bo'lib qolguningcha yoki (bir yo'la) halok
bo'lguningcha, Yusufni eslayverar ekansanda?!" - dedilar.
86. U aytdi: "Men g'am va tashvishlarimdan yolg'iz Allohgagina shikoyat qilaman va men Allohning
(mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman".
87. "Ey, o'g'illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid
bo'lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo'lur".
88. (Ular bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona bo'lishdi). (Yusufning) huzuriga kirishgach,
dedilar: "Ey, aziz zot, bizni va ahlu oilamizni ocharchilik tutdi. Bizlar (bu safar) o'tmas matohlarni olib
keldik. Bizlarga o'lchov (oziq-ovqat)ni to'la bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, albatta, sadaqa
beruvchilarni mukofotlagay".
89. (Yusuf) dedi: "Jaholatda bo'lgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni
bilasizlarmi?"
90. Ular: "Sen o'sha Yusufmisan?" - deb so'radilar. U: "Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Alloh
bizga marhamat ko'rsatdi. Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo'rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish
qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas", - dedi.
Dostları ilə paylaş: |