91. Ular dedilar: "Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilibdi. Bizlar esa, haqiqatan, xatoga ketganlardan bo'ldik". 92. U dedi: "Bu kun sizlarga ayblov yo'q. Alloh sizlarni mag'firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog'idir".
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
153
93. "Sizlar mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko'zlari sog'ayur. So'ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar". 94. Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o'z huzuridagi kishilarga): "Men Yusufning bo'yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi", - dedi. 95. (Ular) aytdilar: "Allohga qasamki, sen (hali ham) o'sha eski xatoyingda turibsan". 96. Bas, xushxabarchi kelib, uni (ko'ylakni Ya'qubning) yuziga tashlagach, u ko'radigan bo'lib qoldi. "Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim", - dedi u. 97. Ular dedilar: "Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag'firat qilishini so'ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo'ldik". 98. U aytdi: "Albatta, Rabbimdan sizlarni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, mag'firat qiluvchi va mehribon zot Udir". Izoh: Otasi, qarindoshlari hammasi Yusufni barhayot ekanini eshitib, shodlanib yo'lga tushdilar. Yusuf esa chegarada bir chodirda ularning kelishiga muntazir edi. 99. Bas, qachonki, (yetib kelishib) Yusufning huzuriga (chodirga) kirganlarida, u o'zini otaonasining quchog'iga otdi va "Inshoalloh, Misrga tinch-omon kiringlar", - dedi.