o'z holicha ketur. Qachon unga (xastalik, kambag'allik kabi) biror yomonlik yetsa, noumid bo'lur. 84. Ayting: "Har kim o'z ravishiga qarab amal qilur. Rabbingiz kim to'g'ri yo'lda ekanini yaxshi biluvchidir". 85. (Ey, Muhammad,) Sizdan ruh haqida so'raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa oz ilm berilgandir. Izoh: Ruh to'g'risida, haqiqatan, inson oz ma'lumotga ega. Shu oz ma'lumotiga asoslanib bo'lsada, odamzot ruh to'g'risida ko'p asarlar bitgan. Lekin qancha urinmasin, bashariyat ruh kabi narsalarni bilishda Allohning ilmiga yaqin kela olmaydi. 86. Qasamki, agar hohlasak, albatta, Sizga qilgan vahiy (Qur'on)ni ketkazurmiz, so'ngra o'zingizga (Qur'onni qaytarib olish uchun) Bizga qarshi biror vakil (homiy) topa olmassiz. 87. Illo Rabbingizning marhamati bilangina (Qur'onni qaytarib olishingiz mumkin). Darhaqiqat, Sizga Uning fazli kattadir. 88. Ayting: "Qasamki, agar insu jin ushbu Qur'onning o'xshashini keltirish uchun birlashib, bir- birlariga yordamchi bo'lsalar-da, uning mislini keltira olmaslar". 89. Aniqki, (Biz) ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masal (ma'no)lardan bayon qildik. Lekin odamlarning ko'plari faqat inkornigina ixtiyor etdilar. 90. Aytdilar: "Toki bizlar uchun (mana shu) yerni yorib, bir buloq chiqarib bermasang, biz senga sira imon keltirmaymiz. 91. Yo sening xurmozor, uzumzor bog'ing bo'lib, uning o'rtasidan yorib anhorlar paydo qilmasang, 92. yoki o'zing da'vo qilganingdek, osmonni ustimizga parcha-parcha qilib tushirmaguningcha, yoki Alloh va farishtalarini oldimizga keltirmaguningcha, 93. yoki sening oltindan bir uying bo'lmagunicha (senga imon keltirmaymiz). Yana bizlarga o'qiydigan