1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga Kitob (Qur'on)ni nozil qilgan zot (Alloh)ga - hamd! Uni (Qur'onni
ma'no va mazmunda) qing'ir qilmadi,
2. (balki, u) to'g'ri (haq va rost)dir. Huzuridan (keluvchi) qattiq azob bilan ogohlantirish va ezgu ishlarni
qiladigan mo'minlarga yaxshi mukofot (jannat) xushxabarini berish,
3. (darvoqe, ular) u yer (jannat)da mangu qoluvchilardir;
4. shuningdek, "Allohning farzandi bor" deganlarni ogohlantirish uchun (Kitobni nozilqildi).
5. (Mushriklar,) zotan, uni (farzand mohiyatini) o'zlari ham, ota-bobolari ham bilmaslar. Og'izlaridan
chiquvchi (bu) so'z og'irdir. (Ular) faqat yolg'onni so'zlayaptilar.
6. (Ey, Muhammad,) ular ushbu So'zga (Qur'onga) imon keltirmasalar, ehtimol, Siz ularning ortidan,
afsuslik bilan o'zingizni halok qiluvchidirsiz?!
7. Albatta, Biz (odamlardan) qaysilari chiroyliroq amal qilishlarini sinamoq uchun Yer yuzidagi bor
narsani unga ziynat qilib qo'ydik.
8. (Biz,) shubhasiz, uning (Yerning) ustini (bezaksiz) silliq va quruq qilib qo'yuvchi hamdirmiz.
9. Balki, Kahf (g'or) va Bitik (voqealari yozilgan tosh) egalarini Bizning mo''jizalarimizning eng ajoyibi,
deb hisoblagandirsiz?
10. Qaysiki, yigitlar g'orga panoh istab borishib: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga o'z huzuringdan rahmat ato
etgin va bizlarning ishimizni O'zing to'g'rilagin", - dedilar.
11. Bas, (o'sha) g'orda bir necha yil ularning "quloqlariga urib" (uxlatib) qo'ydik.
12. So'ngra (ularning ichidagi) ikki guruhdan qaysi biri turgan muddatlarini (to'g'ri) hisoblashlarini
bilish (sinash) uchun ularni uyg'otdik.
13. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga ularning xabarini haqiqatan aytib berurmiz. Darhaqiqat, ular
Dostları ilə paylaş: |