zotdir. 45. (Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir zotdir. Izoh: Inson umrining bahori - yoshlik davri va kuzi - keksalik ayyomi ekani haqida masal berilmoqda. 46. Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir. Rabbingiz nazdida esa, boqiy qoluvchi solih amallar savobliroq va orzu qilishga loyiqroqdir. 47. Tog'larni (bulutlardek) yurgizadigan va sizlar Yerni tep-tekis (tog'u, bog'larsiz) ko'radigan Kunni (Qiyomatni eslangiz)! (U Kunda Biz) ulardan birortasini qo'ymay yig'amiz. 48. Ular saf tortgan hollarida Rabbingizga ro'baro' qilinadilar (va Biz ularga ayturmiz): "Mana sizlarni ilk bor qanday yaratgan bo'lsak, shunday holda, (yalang'och holingizda) huzurimizga keldingiz. Balki sizlarga Biz va'da qilgan Kunni (Qiyomatni paydo) qila olmas, deb o'ylagandirsizlar?!" 49. (So'ng har bir kishining) nomai a'moli (o'z qo'liga) qo'yilur. Bas, gunohkorlarning unda (bitilgan) narsalardan dahshatga tushib: "Holimizga voy! Bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay, barchasini hisoblab qo'yibdi", deyishlarini ko'rursiz. (Ular) qilgan (barcha) amallarini naqd holda topurlar. Rabbingiz hech kimga zulm qilmas. 50. Eslang, (Ey, Muhammad,) farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo'yin sunishdan bosh tortdi. Endi sizlar (ey, Odam bolalari,) Meni qo'yib, uni (iblisni) va zurriyotlarini do'st tutasizmi?! Ular sizlarga