1. (Ushbu) Biz nozil qilgan va (hukmlarini) farz qilgan bir suradirki, unda sizlar eslatma olishingiz uchun aniq oyatlarni nozil qildik. 2. Zinokor ayol va zinokor erkakning har biriga yuz darra uringlar. Agar Allohga va oxirat kuniga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, Allohning dini (hukmi)da sizlarni ularga (zinokorlarga) nisbatan rahm-shafqat (tuyg'ulari) tutmasin! Ularning jazolanishiga bir guruh mo'minlar hozir bo'lsinlar! Izoh: Yuz darra urish jazosi uylanmagan erkak va turmushga chiqmagan ayol uchundir. Suraning shu joyidagi uylangan va turmushdagi ayolga beriladigan jazo hukmiga doir oyat matni Qur'ondan Payg'ambarimiz amri bilan olib tashlangan. Demak, mazkur oyat o'qilmasa-da, hukmi boqiy qoldirilgan. Hukm esa ularni toshbo'ron qilishdir. 3. Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor erkak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya'ni, zino) mo'minlarga harom qilindi. 4. Iffatli ayollarni (zinokor deb) badnom qilib, so'ngra (bu da'volariga) to'rtta guvoh keltira olmagan kimsalarni sakson darradan uringlar va abadul-abad ularning guvohliklarini qabul qilmanglar! Ana o'shalar fosiqlardir. 5. Magar so'ngra tavba qilib, (o'zlarini) tuzatgan kishilargina (fosiq emasdirlar). Zero, Alloh mag'firatli va rahmlidir. 6. O'zlaridan boshqa guvohlari bo'lmagan holda o'z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan (er)larning har biri o'zini shubhasiz rostgo'ylardan deb, Alloh nomiga to'rt (marta) guvohlik berishi (vojibdir). 7. Beshinchi (guvohligi esa) agar yolg'onchilardan bo'lsa, unga Allohning la'nati (yog'ilishini so'rashidir). 8. "U (ya'ni eri) albatta yolg'onchilardan", - deb Alloh nomiga to'rt marta guvohlik berishi, u (ayol)dan