rizqlantiruvchilarning yaxshisidir". 40. (Eslang, Alloh) ularning (mushriklarning) barchalarini to'plab, so'ngra farishtalarga: "Ana u (mushrik)lar sizlarga ibodat qiluvchi bo'lganmidilar?" - deydigan kunda 41. (farishtalar): "Pok Parvardigor, ular emas, O’zing bizlarning do'stimizdirsan. Ha, ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga imon keltiruvchidirlar", - derlar. 42. Bas, bu kunda biringiz biringizga na foyda va na zarar yetkazishga ega bo'lmas va Biz, zolim bo'lganlarga: "O’zlaringiz yolg'on degan do'zax azobini totib ko'ringiz", - dermiz. 43. Qachonki, ularga Bizning oyatlarimiz aniq holda tilovat qilinsa, ular: "Bu (Muhammad) faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib o'tgan narsalardan to'smoqchi bo'lgan kimsadir", - derlar va "Bu (Qur'on) faqat to'qilgan bir bo'htondir", - derlar. Kofir bo'lganlar ularga Haqiqat (Qur'on) kelgan vaqtda u haqda: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degaylar. 44. Holbuki, (Isodan keyin) Biz ularga (o'qib) o'rganishadigan kitoblar keltirgan emasmiz va ularga Sizdan avval biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham yuborgan emasmiz. 45. Ulardan ilgari (o'tgan) kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) inkor etgan edilar Holbuki, (Makka mushriklari) Biz ularga ato etgan ne'matlarning o'ndan biriga ham yetganlari yo'q. Bas, (o'shalar) Mening payg'ambarlarimni inkor etishgach, Mening e'tirozim qanday bo'lgan edi?! 46. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft holda va yakka holingizda turishga, so'ngra tafakkur qilishingizni nasihat qilurman. Sohibingiz (Muhammad)da hech qanday jinnilik yo'qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir