1. Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa (o'shani) ziyoda qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir. 2. Alloh odamlar uchun ne bir rahmatni ochib qo'ysa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas va neni tutib qolsa, bas, Undan so'ng uni (bandalarga) yuboruvchi bo'lmas. U qudrat va hikmat egasidir. 3. Ey, insonlar, sizlarga (ato etgan) Allohning ne'matini eslangiz! Sizlarga osmonu zamindan rizq beradigan Allohdan o'zga yaratuvchi bormi?! Undan o'zga iloh yo'q! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?! 4. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur. 5. Ey, insonlar, albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo'ymasin! Izoh: Ya'ni sizlarga shayton Alloh nomidan va'da qilib: "Gunoh ishlarni qilaveringiz, toat-ibodat shart emas, Alloh kechiruvchi" kabi so'zlar bilan aldab qo'ymasin! 6. Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U o'z firqasini (o'ziga ergashganlarni) do'zax ahli bo'lishga da'vat qilur. 7. Kofir bo'lgan kimsalar uchun qattiq azob bordir. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlar uchun esa mag'firat va katta mukofot bordir. 8. Axir (qilgan) yomon ishi o'ziga chiroyli ko'rsatilib, uni go'zal (ish) deb o'ylagan kimsa (hidoyat topgan zot kabi bo'lurmi)?! Zotan, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas, (Ey, Muhammad,) ularga hasratlar chekib joningiz (chiqib) ketmasin. Albatta, Alloh