Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
292
28. Shuningdek, odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham turli ranglilari bordir. Allohdan
bandalari orasida ulamolargina qo'rqurlar. Haqiqatan, Alloh qudratli va mag'firatlidir.
29. Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni mukammal ado etadigan va Biz ularga rizq qilib
bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan
(mukofot bo'lishidan) umidvordirlar.
30. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta,
U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir.
Izoh: Allohning shukri shuki, ozgina savobli ish uchun ko'pgina mukofot ato etaveradi. Uning Shokir, Shakur,
Karim kabi ismlarida ham shu mazmun mujassamdir.
31. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga vahiy qilgan Kitob (Јur'on) o'zidan avvalgi (ilohiy) kitoblarni
tasdiqlovchi Haq (Kitob)dir. Albatta, Alloh O’z bandalaridan ogoh va (ishlarini) ko'rib turuvchidir.
32. So'ngra Biz (bu) Kitobga bandalarimizdan O’zimiz tanlagan zotlarni (ummatingizni) voris qildik.
Bas, ularning orasida (unga amal qilmay) o'z joniga jabr qiluvchi ham bor, ularning orasida o'rtacha
Dostları ilə paylaş: