Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
293
42. (Makka kofirlari) agar ularga biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelsa, albatta, (unga ergashib) har
qanday ummatlardan ham hidoyat topuvchiroq bo'lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar.
Bas, ularga ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi.
43. Yerda mutakabbirlik qilgan va (payg'ambarga qarshi) yomon makr qilgan hollarida. Yomon makr
esa, faqat o'z egalarini o'rab olur (halok qilur). Bas, ular faqat avvalgilarning yo'llariga (jazolariga) ko'z
tutmoqdalar. Bas, Allohning sunnati (qonuni)ga sira o'zgartirish topmassiz va Allohning sunnatiga sira
almashtirish topmassiz.
44. Axir, ular Yerda sayr qilib, o'zlaridan oldingi (dinsizlarning) oqibati qanday bo'lganini
ko'rmaydilarmi?! Holbuki, (ular) bulardan ko'ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na Yerda
Allohni ojiz qoldiruvchi narsa yo'qdir. Zotan, U bilim va qudrat egasidir.
45. Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (Yer) ustida biror jonivorni
qo'ymagan bo'lur edi. Lekin, U ularni (jazolashni) belgilangan muddatgacha (qiyomat kunigacha)
Dostları ilə paylaş: