birdaniga ular zulmatda qolurlar. 38. Quyosh (tinmay) o'z qarorgohi sari joriy bo'lur. Bu qudratli va bilimli zotning o'lchovidir. 39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog'idek bo'lib (egilib) qolgunicha, manzillarga (botadigan qilib) o'lchab qo'ygandirmiz. Izoh: Madorik tafsirida yozilishicha, oy agar qisqa bo'lsa, u hilollik kunidan boshlab 28 joyda ko'rinadi. So'ng bir yoki ikki kecha ko'rinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri ham ozayib-ko'payib turadi. 40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan o'zuvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) har biri (bir) falakda suzadilar. 41. Biz ularning zurriyotlarini (Nuh payg'ambar yasagan) to'la kemada ko'targanimiz (va to'fondan qutqarganimiz) ular uchun (qudratimizdan yana bir) alomatdir. 42. Yana Biz ularga xuddi o'sha (kemaga) o'xshash (ot, tuya kabi) minadigan narsalarni ham yaratdik. 43. Agar Biz xohlasak, ularni g'arq qilurmiz-da, so'ng ular uchun biror yordamchi bo'lmas va ular qutqarilmaslar ham. 44. Faqat Biz tomondan bo'lgan marhamat sababli va (ma'lum) bir vaqtgacha (hayotdan) bahramand bo'lishlari uchun (muhlat berilur). 45. Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (oxirat)dan va ortingizdagi (dunyo)dan qo'rqinglar",- deyilsa, (quloq solmaslar). 46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular (o'sha oyatdan) yuz o'giruvchi bo'lurlar. 47. Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur