www.ziyouz.com кутубхонаси
307
SOD SURASI "Sod" - arab alifbosining 14-harfi. Bu yerda u nimaning ramzi ekanligi faqat Allohgagina ma'lum. Surada
mushriklarning Rasulullohga nisbatan o'tkazgan tazyiqlariga sabr qilishlari, oxiratda berilajak mukofot va
jazolar, kibr-havodan hazar qilish, insoniy fazilatlarga targ'ibot kabi ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. Sod. Zikr manbai bo'lmish Qur'onga qasam! Izoh: Oyatdagi "zikr" so'zini Ibn Abbos (r. a. ) bayon deb tafsir qilganlar. Ba'zilar uni sharaf deb izohlaydilar. Bu haqiqatdan uzoqroq ko'rinadi. Zikr so'zini o'zbekchada ham zikr shaklida ishlatiladi. Faqat mazmunda farq qilishi mumkin. Masalan "zikr" so'zining eslash, aytish, ma'lum yod olgan narsalarini o'qish, bayon etish kabi ma'nolari mavjud. Binobarin, bu yerda zikr manbai deyilsa, mazmun umumiyroq bo'lishi ko'zda tutildi. 2. Ha, kofir bo'lgan kimsalar (haqiqatni qabul qilishdan) g'ururda va muxoliflikda (doimiy)dirlar. 3. Biz ulardan ilgari qancha avlodni (kufrlari sababli) halok qilganimizda ular yordam so'rab nido (iltijo) qilganlar, (ammo u vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi. 4. (Makka mushriklari) ularga o'zlaridan (bashar avlodidan) ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan ajablandilar va kofirlar dedilar: "Bu (bir) yolg'onchi sehrgardir. 5. (Shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!" 6. Ulardan kattalari (bir-birlariga) dedilar: "Yuringlar, o'z ilohlaringizga (sig'inishda) abrli bo'linglar! Albatta, bu iroda etilgan narsadir. 7. Bizlar bu haqda (tavhid haqida) so'nggi dinda eshitmaganmiz. Bu faqat bir uydirmadir. 8. Bizlarning oramizda (zodagonlar turib) o'sha (Muhammad)ga zikr (Qur'on) nozil qilinibdimi?!" Ha,