Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
305
139. Yunus ham, albatta, payg'ambarlardandir!
140. Qaysiki (o'z qavmidan g'azablanib) to'la yukli kemaga qarab qochgan edi.
141. Bas, (kemadagilar bilan) qur'a tashlashdi va mag'lub bo'ldi.
Izoh: Qissa haqida shunday rivoyat bor. Yunus (a. s.) o'z qavmining qilmishlaridan ozorlanib, ularga va'da
qilingan jazo kelavermagach, o'zlari bosh olib chiqib ketib, bir dengiz bo'yiga yetib boradilar. Jo'nab
ketayotgan bir kemaga minganlarida, dengiz o'rtasiga borib, kema to'xtab qoladi. Kemachilar:
"Yo'lovchilarimiz ichida o'z xojasidan qochgan qul bo'lsa kerak. Uni topmasak kemamiz turaveradi" - deb
qur'a tashlaydilar. Qur'ada Yunus (a. s.) nomi chiqqach, ul zotni dengizga tashlab yuboradilar. Qissa 142-
oyatda davom etadi.
142. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang baliq yutib yubordi.
143. Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda,
144. albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi.
145. Bas, Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.
146. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo'ydik.
147. Biz uni yuz ming, balki undan ham ko'proq (odam)ga payg'ambar qildik.
148. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So'ng Biz ularni (ma'lum) bir muddatgacha (ajallari
Dostları ilə paylaş: