Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
303
91. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi?
92. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!"
93. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.
94. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.
95. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!
96. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!"
97. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha
olovga tashlanglar".
98. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.
99. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman.
Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.
Dostları ilə paylaş: