100. Ey, Rabbim, O'zing menga solih (farzand)lardan ato etgin!" 101. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik. 102. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir (o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan". 103. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo'yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (yerga) yotqizgan ediki, 104. biz unga nido qildik: "Ey, Ibrohim! 105. Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz". 106. Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir. 107. Biz (Ismoilning) o'rniga katta bir (qo'chqor) so'yishni evaz qilib berdik. 108. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik. 109. Ibrohimga salom! 110. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! 111. Darhaqiqat, u Bizning mo'min banda larimizdandir. 112. Yana, Biz unga solihlardan (bo'lg'usi) payg'ambar Ishoqning xush-xabarini berdik. 113. Unga (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham barakot berdik. Ularning zurriyotidan ezgu amal qiluvchi
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
304
ham, o'ziga aniq zulm qiluvchi ham bo'lur.