Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə515/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
82. So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik.
 
83. Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir.
 
84. Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi.
 
85. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?! 
 
86. Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?! 
 
87. U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi.
 
88. Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi.
 
89. So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi.
 
90. Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
303
91. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi? 
 
92. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!" 
 
93. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.
 
94. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.
 
95. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?! 
 
96. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!" 
 
97. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha 
olovga tashlanglar".
 
98. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.
 
99. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman. 
Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   511   512   513   514   515   516   517   518   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin