qiz)lar bo'lur. 49. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar. 50. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar. 51. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi. 52. U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan? 53. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi. 54. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi. 55. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach, 56. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding. 57. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim. 58. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?! 59. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?! 60. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir! 61. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!" 62. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi? 63. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik. izoh: Zaqqum do'zaxda o'suvchi bir g'ayri tabiiy daraxt bo'lib, u to'g'ridagi xabarni eshitgan kofirlar olovda daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi. Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.