62. Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir. U barcha narsaga vakil (homiy)dir. 63. Osmonlar va Yerning ochqichlari Undadir. Alloh oyatlariga kofir bo'lgan kimsalar - ana o'shalargina ziyon ko'ruvchilardir. 64. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Hali sizlar meni Allohdan o'zgaga ibodat qilishga buyuryapsizlarmi, ey, nodonlar!" 65. Darhaqiqat, Sizga va Sizdan oldingi (payg'ambarlarga) (shunday) vahiy qilingan edi: "Qasamki, agar mushrik bo'lsang, albatta, qilgan amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolursan! 66. Balki faqat Allohgagina ibodat qilgin va shukr qiluvchilardan bo'lgin!" 67. Ular Allohni haqqoniy (ravishda) qadrlamadilar (tanimadilar). Butun Yer qiyomat kunida Uning uchun bir siqimdir. Osmonlar esa Uning "qo'li"ga yig'iluvchidir. U ularning keltirayotgan shirklaridan pok va yuksakdir! 68. Sur chalinadi-yu, osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) qarab turarlar. 69. Yer (mahshargoh) Parvardigorining nuri bilan yorishadi; kitob (nomai a'mol hozirlab) qo'yiladi; payg'ambarlar va guvohlar keltiriladi va ularning o'rtalarida zulm qilinmagan holda haqqoniy hukm qilinadi. 70. Har bir jonga qilgan amali (uchun mukofot yoki jazo) komil qilib beriladi U ularning qilayotgan ishlarini juda yaxshi biluvchidir. 71. Kofir bo'lgan kimsalar guruh-guruh qilinib, jahannamga haydalur. To qachonki, ular (jahannamga) kelib yetganlargalarida, uning darvozalari ochiladi va uning qo'riqchilari ularga: "Sizlarga