kibr-havo qilganlaringizdir. 76. Jahannam davrozalaridan u joyda mangu qoluvchi bo'lgan hollaringizda kiringiz! Bas, mutakabbirlarning joyi naqadar yomondir! 77. Bas, (ey, Muhammad,) sabr qiling. Zero, Allohning va'dasi haqdir! Bas, agar Biz Sizga o'sha (kofirlar)ga va'da qilayotgan (azob)dan ayrimlarini ko'rsatsak ham yoki Sizni (azob tushishidan oldinroq) vafot etdirsak ham, bas, faqat O'zimizga qaytarilurlar. 78. Biz Sizdan oldin (ko'p) payg'ambarlarni yuborgandirmiz. Ulardan Biz Sizga qissasini aytganimiz ham bor, yana ulardan Biz Sizga qissasini aytmaganimiz ham bordir. Biror payg'ambarga Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish joiz emas. Bas, qachonki, Allohning amri kelgach, haqqoniy hukm qilinur va o'shanda buzg'unchilar ziyon ko'rgaylar. 79. Alloh sizlar uchun hayvonlardan ba'zilarini minishlaringiz uchun va ba'zilarini yeyishlaringiz uchun paydo qildi. 80. Sizlarga ulardan (ko'p) foydalar bordir. (U hayvonlar) sizlar ularning ustida dillaringizdagi hojatlaringizga yetishlaringiz uchun ham (yaratilgandirlar). Sizlarni (quruqlikda) o'sha (hayvon)lar ustida va (dengizlarda) esa kemalarda eltib qo'yilur. 81. (Alloh) sizlarga O'z alomatlarini ko'rsatur. Bas, sizlar Allohning qaysi alomatlarini inkor qilursizlar?! 82. Axir, ular yer yuzida sayr qilishib, o'zlaridan avvalgi kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi?! Ular ko'proq hamda kuch-quvvat va yerdagi osori atiqalari jihatidan ulardan zo'rroq edilar. (Ammo) ularga topgan narsalari asqotgani yo'q. 83. Chunki ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida ular o'zlarining oldilaridagi (dunyoviy) bilimlari bilan shodlandilar. Ularni o'zlari masxara qilib yurgan (azob) o'rab oldi.