qaytishlik faqat Uning huzurigadir".
16. Alloh (dini) haqida uni qabul qilinganidan so'ng tortishadigan kishilarning hujjatlari Parvardigor
nazdida botil (behuda)dir. Ularga (bu dunyoda) g'azab, (oxiratda esa) qattiq azob bordir.
17. Alloh Haqqoniy Kitobni va tarozi (adolat)ni nozil qilgan zotdir. Qayerdan bilursiz, ehtimol, Qiyomat
yaqindir.
18. Unga (Qiyomatga) imon keltirmaydigan kimsalar uni qistagaylar. Imon keltirgan zotlar esa undan
qo'rquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini bilurlar. Ogoh bo'lingizkim, Qiyomat xususida tortishadigan
kimsalar chuqur zalolatdadirlar!
19. Alloh bandalariga mehribondir. U O'zi xohlagan kishilarga (farovon) rizq berur. U kuchli va
qudratlidir.
20. Kimki, oxirat ekinini (savobini) istar ekan, Biz unga ekini (hosili)ni ziyoda qilurmiz. Kimki, dunyo
ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan berurmiz va uning uchun oxiratda nasiba bo'lmas.
21. Balki ular (mushriklar) uchun dindan Alloh ruxsat etmagan narsalarni - ularga shariat qilib bergan
sheriklari (butlari) bordir?! Agar So'z (qiyomatga tayin) bo'lmaganida, albatta, ularning o'rtalarida (shu
dunyodayoq) hukm qilingan bo'lur edi. Zolimlar uchun, albatta, alamli azob bordir.
22. (Qiyomat kunida) u zolimlarni o'z qilmishlaridan qo'rqib turgan hollarida ko'rasiz. U (jazo baribir)
ularga tushuvchidir! Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa jannatlarning boqlarida
bo'lishib, ular uchun Parvardigorlari huzurida xohlagan narsalari bordir. Mana shu katta fazlning
o'zidir.
23. Allohning imon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari ana shudir.
(Ey, Muhammad,) ayting: "Men sizlardan bu (da'vatim) uchun haq so'ramayman, faqat
Dostları ilə paylaş: |