Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
331
44. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, unga o'shandan keyin biror (yo'l ko'rsatuvchi) do'st yo'qdir.
(Unday) zolimlarning (qiyomat Kuni) azobni ko'rgan vaqtlarida: "(Yana dunyoga) qaytishga biror yo'l
bormikan?" - deyayotganlirini ko'rarsiz.
45. Ularning xorlikdan egilgan va (do'zaxga) ko'z qirlari bilan boqqan hollarida unga ko'ndalang
qilinayotganlarini ko'rarsiz. Imon keltirgan zotlar: "Albatta, (chin) ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida
o'zlariga, ahli (oila)lariga ziyon qilgan kimsalardir", - deydilar. Ogoh bo'lingizkim, (u) zolimlar mangu
azobdadirlar.
46. Ularga Allohdan o'zga yordam beradigan hech qanday do'stlar bo'lmas. Kimni Alloh yo'ldan
ozdirsa, bas, uning uchun biror (To'g'ri) yo'l yo'qdir.
47. (Ey, insonlar,) Alloh tomonidan hech qaytarib bo'lmaydigan bir kun (qiyomat) kelib qolishidan ilgari
Rabbingizga ijobat (itoat) etingiz! U kunda sizlar uchun panoh ham bo'lmas va sizlar uchun
(qilmishlaringizni) inkor qilish (imkoni) ham bo'lmas.
48. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) endi ham (imon keltirishdan) yuz o'girsalar, bas, Biz Sizni
ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q! Sizning zimmangizda faqat (vahiyni) yetkazish bor,
Dostları ilə paylaş: