Biz ularga (azob berishga) qodirmiz. 43. Bas, Siz o'zingizga vahiy qilingan narsani (Qur'onni) mahkam ushlang! Albatta, Siz To'g'ri yo'ldadirsiz! 44. Albatta, u (Qur'on) Siz uchun ham, qavmingiz (ummatingiz) uchun ham sharafdir va yaqinda (Qiyomatda) so'ralursizlar. 45. (Ey, Muhammad,) Sizdan ilgari yuborgan payg'ambarlarimizdan so'rab boqing-chi, Rahmondan o'zga ibodat qilinadigan "iloh"lar qilganmikanmiz?! 46. Biz Musoni mo''jizalarimiz bilan Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u: "Men (barcha) olamlar Parvardigorining payg'ambaridirman", - dedi. 47. Bas, qachonki, u mo''jizalarimizni ularga keltirganida, ular birdaniga ulardan (mo''jizalardan) kula boshladilar. . 48. Biz ularga qaysi bir mo''jizani ko'rsatsak, albatta, u (o'zidan avvalgi) sherigidan kattaroqdir. Shoyad (imonga) qaytsalar, deb ularni azobga tutdik. 49. Ular mo''jizalarimizni ko'rishgach, Musoga: "Ey, sehrgar, senga bergan va'dasiga binoan Rabbingga bizlar uchun duo qil. (Agar U azoblarni aritsa,) albatta, bizlar hidoyat topuvchidirmiz", - dedilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
335
50. Bas, qachonki, Biz ulardan azobni aritsak, nogoh ular (o'z ahdlarini) buza boshlaydilar. 51. Fir'avn o'z qavmiga jar solib dedi: "Ey, qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, ko'rayapsizlarmi?! 52. Yoki mana bu hozir (maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan (Musodan) men yaxshiroq emasmanmi?!