To'g'riroq (din)ni keltirgan bo'lsamchi?" - deganida, ular: "Albatta, bizlar sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirdirmiz", - dedilar. 25. Bas, ulardan intiqom oldik. Endi, u (payg'ambarlarni) yolg'onchi qiluvchilarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring! 26. Eslang, Ibrohim otasiga va qavmiga degan edi: "Men sizlar ibodat qilayotgan ma'budalardan bezordirman. 27. Illo, meni yaratgan zotgagina (ibodat qilurman). Bas, U meni (Haq dinga) hidoyat qilajak". 28. U (Ibrohim) o'sha (nasihat)ni zora qaytsalar, deb o'z ortida qoluvchi so'z qildi. 29. Men esa (u qoldirgan so'zga itoat etmagan) ana u (Makka aholisi)ni ham, ularning ota-bobolarini ham - to ularga Haq (Qur'on) va aniq payg'ambar (Muhammad) kelgunicha, (farovon hayotdan) foydalantirdim. 30. (Ammo) ularga Haq (Qur'on) kelgach, ular: "Bu sehrdir, bizlar unga kofirdirmiz", - dedilar. 31. Yana ular: "Bu Qur'on ikki shahar(ning biri)dan bo'lgan ulug' odamga nozil qilinganida edi", - dedilar. Izoh: Ikki qishloq Makka va Toif shaharlari. Makka mushriklari o'zlarining buzuq e'tiqodlaricha, agar Qur'on haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo'lganida edi makkalik Valid ibn Mug'ira yoki toiflik Urva ibn Ma'ud as- Saqafiy kabi boy-badavlat, mashhur zodagonlardan biriga nozil qilingan bo'lur edi, der edilar. 32. (Ey, Muhammad,) Rabbingizning rahmati (payg'ambarlik)ni ular taqsimlaydilarmi?! Ularning dunyo hayotidagi tirikchiliklarini ham ularning o'rtalarida Biz taqsimlaganmiz va bir-birlarini bo'yin
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
334