Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
344
AHQOF SURASI
"Ahqof" so'zining ma'nosi qumtepalar demakdir. Surada payg'ambarlardan Hud (a. s.)ning Yaman
qumtepaliklarida yashovchi Od qabilasi bilan o'rtalarida o'tgan mojarolar, ularning Alloh tomonidan
jazolanishlari, Muhammad (a. s.)ning o'z ummatlarining baxt-saodati yo'lida chekkan jafolari va boshqa muhim
ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ho, Mim.
2. (Bu Qur'on) qudratli va hikmatli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.
3. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) va (qiyomatgacha
deb) belgilangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo'lgan kimsalar esa o'zlari ogohlantirilgan narsadan yuz
o'giruvchidirlar.
4. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (butlaringiz)
haqida xabar beringiz - menga ko'rsatinglarchi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun
osmonlar(ni yaratish)da sheriklik bormi?! Agar rostgo'y bo'lsangizlar, menga ushbu (Qur'on)dan ilgari
(nozil bo'lgan) biror kitobni yoki biror ilmiy asarni (hujjatni) keltiringlar!"
5. Allohni qo'yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan
kimsadan kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o'sha (mushrik)larning duolaridan
g'ofildirlar.
6. (Qiyomat kuni) insonlar (hisobot uchun) jam qilinganda, o'sha (butlar) ularga (mushriklarga)
dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor etuvchi bo'lurlar!
Dostları ilə paylaş: