www.ziyouz.com кутубхонаси
355
QOF SURASI
Qof - arab alifbosining 21-harfi. Bu kabi harflarning sura boshida kelganda qanday tushunish kerakligi haqida
Baqara surasi avvalidagi izohda bayon qilindi. Qof bir yashil tog'ning nomi sifatida ham keladi. Surada imon-
e'tiqod, kufru shirk, dunyo va oxirat kabi tushunchalar, xususan, o'lgandan keyin qiyomatda tirilib, Alloh
huzurida hisobot berishlikning haqligi to'g'risida uqdiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qof. Ulug' Qur'onga qasam!
Izoh: Qasamyod etildi, lekin qasamning javobi, ya'ni nimaga qasamyod etilgani oyatda zikr etilmadi. Buning
sababi javob keyingi oyatlar mazmunidan ayon bo'lib turganidadir. Bu taqdirda qasam javobi - Siz, Ey
Muhammad, qayta tirilish haq ekanligini har qancha isbotlamoqchi bo'lsangiz ham Makka ahli ishonmaydi,
degan so'zdir.
2. Ha, ularga (farishta o'rniga) o'zlaridan bo'lmish bir ogohlantiruvchi (payg'ambar) kelganidan
ajablandilar. Shunda kofirlar aytdilar: "Bu juda qiziq narsa-ku!
3. Bizlar o'lib, tuproqqa aylanganimizda (yana tirilamizmi)?! Bu juda uzoq (aqlga sig'mas) qaytishdir!"
4. Biz ular(ning murdalari) ni yer kamaytirayotganini (chirib tuproqqa aylanayotganini) bilganmiz.
Bizning huzurimizda esa, (qilmishlarini) saqlovchi Kitob (Lavhul-Mahfuz) bordir.
5. Yo'q, ularga Haq (Qur'on) kelganda, uni ham yolg'onga yo'ydilar. Bas, ular iztirobli ishga (holga)
tushib qolganlar.
Izoh: Iztirobli hollari - Qur'onni bir sehr desalar, bir she'r dedilar, bir afsona desalar, bir folbinlik kitobi
deyishlaridir.
6. Axir, ular ustilaridagi osmonni - Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo'yganimizni va
uning teshik(yoriq)lari yo'q ekanini ko'rmadilarmi?!
Dostları ilə paylaş: |