Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
357
35. Ularga u joyda xohlagan narsalari bordir. Bizning dargohimizda yana qo'shimcha (in'omlar) ham
bordir.
36. Ulardan (Quraysh kofirlaridan) oldin ulardan quvvatliroq qanchalab avlodni halok qildik. Bas,
o'shalar najot bormikan, deb shaharlarni kezib yurdilar.
37. Albatta, bunda (o'yg'oq) qalb egasi bo'lgan yoki o'zi hozir bo'lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma
bordir.
38. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech
qanday charchoq yetgani yo'q.
39. Bas, (ey, Muhammad,) ular (kofirlar) aytayotgan so'zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishidan ilgari
va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o'qing)!
40. Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!
Izoh: Ushbu va oldingi 39-oyatlarda besh vaqt namozlarning vaqtlariga ishorat bordir. Masalan, "Quyosh
chiqishidan ilgari" jumlasi bomdod namozining vaqtiga, "Botishidan avval" jumlasi peshin bilan asr vaqtlari,
40-oyatdagi "Kechaning bir qismida" jumlasi shom bilan xuftan namozlarining vaqtlarini bildiradi. (Madorik
tafsiri).
41. Jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (unga) quloq tuting!
42. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u (dahshatli) qichqiriqni chinakamiga eshiturlar. Bu (qabrlardan)
Dostları ilə paylaş: